Kevin Friesenbichler
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kevin Friesenbichler | ||
Tavallud sanasi | 6-may 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Weiz, Avstriya | ||
Boʻyi | 1.88 m (6 ft 2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | RFS | ||
Raqami | 20 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000—2008 | SC Weiz | ||
2008—2009 | Austria Wien | ||
2009—2010 | Admira Mödling | ||
2010—2012 | Bayern Munich | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012—2014 | Bayern Munich II | 34 | (16) |
2014—2017 | Benfica B | 0 | (0) |
2014—2015 | → Lechia Gdańsk (ijara) | 17 | (5) |
2015—2016 | → Austria Wien (ijara) | 31 | (6) |
2016—2017 | → Austria Wien (ijara) | 32 | (5) |
2017—2019 | Austria Wien | 43 | (10) |
2019 | → Wolfsberger (ijara) | 12 | (2) |
2019—2020 | VfL Osnabrück | 6 | (0) |
2020—2021 | Sturm Graz | 23 | (3) |
2021- | RFS | 11 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
2009 | Avstriya U16 | 6 | (10) |
2010 | Avstriya U17 | 5 | (3) |
2011 | Avstriya U18 | 2 | (0) |
2012 | Avstriya U19 | 5 | (3) |
2013—2016 | Avstriya U21 | 19 | (8) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (23-dekabr uchun) |
Kevin Friesenbichler (talaffuzi: Kevin Frizenbixler; 1994-yil 6-mayda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi. RFS jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Weiz shahrida tugʻilgan Friesenbichler besh yoshida mahalliy SC Weiz jamoasiga qoʻshildi. 2008-yilda Avstriya giganti FK Austria Wienga oʻtdi. Bir yildan soʻng Admira Mödlingga qoʻshildi. 2010-yilda Germaniyaning „Bayern“i bilan shartnoma imzoladi. Oʻsha paytda 16 yoshli Friesenbichlerning transfer narxi 500 ming yevroga teng edi[1]. Uch yil davomida klubning U19 jamoasida oʻynadi va 37 oʻyinda 27 gol urdi. 2013—2014-yilgi mavsumda zaxira jamoasida 22 oʻyinda 15 ta gol urdi, „Bayern“ turnir jadvalida birinchi oʻrinni egalladi.
2014-yilning 22-may kuni Friesenbichler Portugaliya chempioni „Benfica“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[2]. 2014-yilning 26-iyulida „Benfica B“ safidagi ilk golini „Jong Ajax II“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:3) kiritdi[3].
2014-yilning 22-avgustida, „Benfica“da ikki oy ham oʻtmay, Friesenbichler Polshaning „Lechia Gdańsk“ jamoasiga bir mavsumlik shartnoma asosida ijaraga berildi.
2015-yilning 22-iyulida Friesenbichler Austria Wien klubiga bir mavsumga yana ijaraga berildi[4]. Oradan roppa-rosa bir yil oʻtib, ijara yana bir mavsumga uzaytirildi[5]. 2017-yilning 1-iyulida Avstriya klubi bilan doimiy shartnoma imzoladi[6].
2019-yilning 2-iyulida Friesenbichler VfL Osnabrückga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi[7].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil 14-avgustda Friesenbichler Avstriya U16 terma jamoasi safida Lixtenshteyn U16ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Raqib ustidan 8:0 hisobida gʻalaba qozonishdi, oʻzi 2 ta gol urdi. 2013-yilning 18-noyabrida Vengriyaga qarshi oʻyinda (4:2 gʻalaba) 1 ta gol urdi.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 15-iyun, 2017-yilgi holat boʻyicha
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Liga | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Bayern Munich II | 2012—2013 | Regionalliga Bayern | 12 | 1 | — | — | 12 | 1 | ||||
2013—2014 | 22 | 15 | 2 | 0 | 24 | 15 | ||||||
Jami | 34 | 16 | — | 2 | 0 | 36 | 16 | |||||
Lechia Gdańsk (ijara) | 2014—2015 | Ekstraklasa | 14 | 4 | 0 | 0 | — | 3 | 1 | 17 | 5 | |
Avstriya Wien (ijara) | 2015—2016 | Bundesliga (Avstriya) | 31 | 6 | 4 | 4 | — | 35 | 10 | |||
2016—2017 | 32 | 5 | 2 | 2 | 9 | 2 | 43 | 9 | ||||
Jami | 63 | 11 | 6 | 6 | 9 | 2 | — | 78 | 18 | |||
Jami faoliyati | 111 | 31 | 6 | 6 | 9 | 2 | 5 | 1 | 131 | 40 |
Terma jamoada
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Terma jamoa | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
2009 | Avstriya U16 | 6 | 10 |
2010 | Avstriya U17 | 5 | 3 |
2011 | Avstriya U18 | 2 | 0 |
2012 | Avstriya U19 | 5 | 3 |
2013—2016 | Avstriya U21 | 19 | 8 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Friesenbichler: "Das neue Sternchen des FC Bayern"“ (olmoncha). abendzeitung-muenchen.de (18-iyul 2014-yil). Qaraldi: 29-avgust 2014-yil.
- ↑ „.: Kevin Friesenbichler assina pelas Águias – Jornal Record :.“. record.xl.pt. Qaraldi: 12-iyul 2014-yil.
- ↑ Benfica 4-3 Ajax :: Pré-Época 2014/15 :: Ficha do Jogo :: zerozero.pt
- ↑ „Austria verpflichtet Kevin Friesenbichler“ (olmoncha). Austria Wien (22-iyul 2015-yil). 2015-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2015-yil.
- ↑ „FK Austria Wien - Kevin Friesenbichler stürmt wieder für den FK Austria Wien“. www.fk-austria.at. 2016-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „FK Austria Wien verpflichtet Friesenbichler langfristig“ (portugalcha). S.L. Benfica (1-iyul 2017-yil). 2017-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
- ↑ „VfL verpflichtet Friesbichler“ (olmoncha). VfL Osnabrück (2-iyul 2019-yil). 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2019-yil.