Kontent qismiga oʻtish

Keyingi avlod kosmik teleskopi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O'tmishga qaytish albatta hech kimni befarq qoldirmaydi. Shunday imkoniyatlarni taqdim etuvchi teleskop yaratilgan. Teleskop bizni koinotning paydo bo'lgan boshlang'ich nuqtasiga yetaklaydi hamda endigina paydo bo'layotgan mayda osmon jismlari haqida ma'lumot beradi. Teleskopga NASAning 1961-yildan 1968-yilgacha o'sha vaqtdagi ma'muri hamda Merkuriy , Gemini hamda Appolon dasturiga rahbarlik qilgan James Webb sharafiga „James Webb teleskopi“ deb nomlangan.

Loyihaning ishlab chiqilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teleskop loyihasi NASA , Yevropa kosmik agentligi hamda Kanada kosmik agentliklari hamkorligida ishlab chiqilgan. Loyihada umumiy 17 ta davlat qatnashdi va jami 10 mlrd dollar sarflandi va dunyodagi eng ko'p moliyalashtirilgan teleskop hisoblanadi. 1996-yilda teleskop loyihasini ishlab chiqish boshlangan va bir qancha kamchiliklar va kechikishlar bilan ancha kech tayyor bo'ldi. Aslida teleskop undan oldin yaratilgan Xabbl teleskopining kamchiliklarini tuzatish maqsadida yaratilgan edi va 2007-yilda tugatilishi kerak bo'lgan loyiha 2021-yilda tamomlandi. Shu paytda jamiyat xatto NASAni korrupsiyada aybladi. Teleskop hozirda Xopkins universitetining Baltimordagi kosmik instituti tomonidan boshqariladi.

Teleskopning tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teleskop tuzilishi Xabbl teleskopidan ancha farq qilib noodatiy ko'rinishi bilan barchani e'tiborini tortdi. Chunki 18 ta 6 qirrali segmentdan iborat. Uchish davomida noqulaylik tug'dirmasligi uchun qismlari yig'iladigan qilib yaratilgan. JWST(James Webb Space Telescope) optik, yaqin va o'rta infraqizil diapozondagi nurlarni qayd qilgani uchun uning ko'zgulari beriliydan qilingan va usti oltin bilan qoplangan. Sababi oltin ifraqizil nurlani yaxshi qayd qiladi. Asosiy ko'zgusining diametri 6,6 metr , teleskop og'irligi 6,2 tonna. Missiya davomiyligi 10 yil deb belgilangan, ammo uning energiyasi 20 yilga ham yetishi mumkin. Teleskop yerdan taxminan 1,6 million km uzoqda , Lagranj nuqtasida joylashgan.

Teleskopning natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan teleskop Xabbl teleskopi 10 kunda oladigan natijalarni 12 soatda tez va sifatli qilib oladi. Uning qisqa muddatda to'plagan natijalari hammani lol qoldirdi:

  • barcha sayyoralarning sifatli rasmlarini xattoki Neptunning halqasini rasmga oldi ;
  • tarixdagi eng sovuq yulduzni aniqladi;
  • 33000 yosh yulduzlar uchun yulduz tug'ilishining belgilarini aniqladi;
  • yerdan 12 milliard yorug'lik yili uzoqda joylashgan Eynshteyn halqasini suratga oldi;
  • eng muhimi allaqachon 5 ta qora tuynukni aniqladi.

Hozirda endi uning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ekzosayyoralarni topishdir va juda ko'p yangiliklar kutib qolamiz. Manbalar