Kontent qismiga oʻtish

Khulva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Khulva — Bangladeshning jan.gʻarbiy qismidagi shahar. Gang daryosining kema qatnaydigan tarmogʻi — Pusur daryosi boʻyida. Aholisi 732 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). K. — sanoati tez oʻsib borayotgan va iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakatda 3-oʻrindagi shahar. Transport yoʻllari tutuni. Jut (mamlakat jut sanoatining yarmidan ortigʻi joylashgan), ip gazlama, oziq-ovqat, metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik (kabel ishlab chiqarish zavodi), yogʻochsozlik va kimyo sanoati, daryo kemasozligi korxonalari, issiqlik elektr st-yalari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil