Kontent qismiga oʻtish

Kia Abdullah

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Kia Abdullah
Tavalludi 17-may 1982-yil (1982-05-17) (42 yosh)
Mile End, Tower Hamlets, London, Angliya
Fuqaroligi Britaniyalik
Kasbi Romannavis, yozuvchi
Faoliyat yillari 2006-yildan boshlab, hozirgi paytgacha
Turmush oʻrtogʻi Peter Watson
Veb-sayti kiaabdullah.com

Kia Abdullah (1982-yil 17-mayda tugʻilgan) — britaniyalik yozuvchi va sayohatchi. Uning eng mashxur asarlari "Take It Back" (HarperCollins, 2019),[1][2] Truth Be Told (HarperCollins, 2020)[3] va Next of Kin (HarperCollins, 2021)[4] boʻlib, ushbu dramalari eng koʻp sotilgan muallif sanaladi. The New York Times,[5] The Guardian,[6] The Times ,[7] The Financial Times,[8] The Telegraph[9] va BBC[10] va boshqa nashrlarda ham ijod naʼmunalari chop etilgan.[11][12][13][14]

Abdullahning oilasi asli Bangladeshdan boʻlib, u Londonning Tower Hamlets tumanida sakkiz farzandli oilada tugʻilib oʻsgan.[15]

Taʼlim olishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdullah Angliyada tahsil olgan. U Queen Meri va London universitetini kompyuter fanlari boʻyicha bakalavr yoʻnalishini birinchi daraja bilan tamomlagan.[16] Uning diplom ishi dissertatsiyasi mavzusi A Program Slicing Tool for Analysing Java Programs deb nomlangan.[17] Abdullahning IQ darajasi 150 ga teng.[18] U Mensa International aʼzosi boʻlgan. Mensa Internation IQ darajasi 98 foizidan yuqori boʻlgan odamlar uchun ochiq boʻlgan notijorat tashkilot boʻlib, Abdullah bu tashkilotga qoʻshilganidan keyin bir yil ichida tark etdi.

Abdullah 2003-yilda o‘qishni tamomlab, shundan so‘ng u uch yil texnologiya sohasida ishlagan. 2007-yilda u yozuvchi sifatida karyerasini davom ettirish uchun texnologiya sohasidagi ishini tashlagan. Shundan soʻng uning maoshi 50 % ga qisqarib ketadi.[19]

2008-yildan 2010-yilgacha Abdullah The Guardian uchun siyosatdan tortib munosabatlargacha bo‘lgan qator mavzular haqida turkum maqolalar yozadi.[6] U, shuningdek, „Asian Woman“ jurnalida intervyu oluvchi boʻlib ishlagan va bu vaqt mobaynida u Riz Ahmed, Meera Syal, Nitin Savwhney, Jay Sean va Anushka Shankar kabi taniqli osiyolik aktyor va musiqachilardan intervyu olgan.

Abdullah BBC Radio 2 ning Jeremy Vine shousi va BBC Asian Networkning DJ Nihal shoularida vaqti-vaqti bilan mehmon boʻlgan va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish va gender tengsizliklari haqida bir ochiq gaplar gapirgan.[20][21][22][23] 2009-yilda u Musulmon yozuvchilar mukofotiga nomzod boʻlgan.[24] 2011-yilda u Twitterdagi mojaroga aralashib qoldi.[25]

2012-yilda u global nashriyot Penguin Random House ishga oʻtdi va u yerda Rough Guidesning sayohat brendida ishladi. 2014-yilda Abdullah o‘z ishini tashlab, oyiga 250 000 kishi o‘qiydigan Atlas & Boots nomli ochiq sayohat blogini yaratdi.[26] Abdullah „Lonely Planet“[27] va "Rough Guides[28] nashrlariga oʻz hissasini qoʻshgan va oʻzining sayohatlari haqida televideniya, radio, bosma va internet nashrlarida intervyular bergan.[29][30][31][32]

2019-yilda Abdullah The Guardian, The Telegraph va The Sunday Times gazetalari tomonidan yuqori eʼtirof etilgan, jinoyat va triller romanlaridan biri sifatida tanlab olingan Take It Back romanini nashr etdi.[33][34][35]

2020-yilda u oʻquvchilarga Britaniya-Osiyo mualliflarining yangi kitoblarini topishga yordam beradigan Asian Booklist veb-saytiga asos soldi.[36] Abdullahning ikkinchi romani „ Truth Be Told“ 2020-yilda HarperCollins nashriyotida chop etilgan[37] va natijada „Diverse Book Award“ mukofoti uchun roʻyxatga kiritilgan.[38]

Uning uchinchi romani „Next of Kin“ 2021-yil sentyabr oyida nashr etilgan. U The Times Book of the Month[39] deb nomlangan va CWA Gold Dagger roʻyxatiga kiritilgan.[40] Uning toʻrtinchi romani „hose People Next Door“ esa 2023-yilda nashr etilishi moʻljallangan.[41]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdullah britaniyalik sayohatchi fotograf Peter Watson bilan hozir ham munosabatda.[42] Abdullah musulmon boʻlib tugʻilib oʻsgan. 2020-yilda u oʻzini madaniy musulmon deb bilishini aytgan.[37]

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romanlari

  • 2019: Take It Back
  • 2020: Truth Be Told
  • 2021: Next of Kin
  • 2023: Those People Next Door

Foydalanilgan adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Take It Back. ASIN 0008314675. 
  2. „Author to donate profits of pre-orders of her novel to food bank“ (en). The Northern Echo. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  3. Truth Be Told on Amazon. ASIN 0008314721. 
  4. Abdullah, Kia. Next of Kin: the brand new gripping and shocking legal thriller that you won’t want to miss in 2021!, 2021-09-02. 
  5. „Childless in a Houseful of Children“. The New York Times. Qaraldi: 2017-yil 15-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 „Kia Abdullah“. the Guardian. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  7. Dowle, Jayne. „Moving to the big city: For some buyers, living in the countryside isn't all it's cracked up to be“ (en). Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  8. „Fantasy home: an escape to nature inspired by Anne of Green Gables“ (en). propertylistings.ft.com. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
  9. „Why I agreed to marry a man I'd met only once“. The Telegraph (2019-yil 16-avgust).
  10. „CBBC - Snaps, Series 1, Listen, Dad“ (en-GB). BBC. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
  11. „It is possible to be a secular Muslim“ (en). inews.co.uk (2020-yil 6-iyul). Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
  12. „Finding Freedom in Writing a Language My Parents Can't Read“ (en-US). Literary Hub (2019-yil 1-may). Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
  13. „What I needed as a working-class writer | The Bookseller“. www.thebookseller.com. Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
  14. „Crime by Committee: 8 Novels Featuring Group Misdeeds“ (en-US). CrimeReads (2020-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
  15. „About | Kia Abdullah“ (en-GB). 2016-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  16. „Alumni profile - Kia Abdullah“. QMUL.
  17. „A Program Slicing Tool for Analysing Java Programs“. Kia Abdullah (2003-yil 28-aprel).
  18. „Is joining Mensa a smart move?“ (en-GB). The Guardian (2010-yil 31-may). Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  19. „Alumni profile - Kia Abdullah - Queen Mary University of London“. www.qmul.ac.uk. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
  20. „British Bangladeshis battle against drugs“. BBC News. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  21. „Kia Abdullah“. IMDb. 2016-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  22. „Writing Wrongs“. Asiana magazine. 2016-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  23. „Kia Abdullah on writing Child's Play – The Asian Writer“. theasianwriter.co.uk. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  24. „Museum of Awards – 2009 | Young Muslim Writers Awards“. ymwa.org.uk. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  25. „Writer Kia Abdullah mocks death of gap year students on Twitter“ (en-GB). The Telegraph. Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.
  26. „Kia Abdullah – Author, travel writer, seven of nine“ (en-GB). Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
  27. Planet. „Best places to travel in June 2016 - Lonely Planet“ (2016-yil 2-mart). Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  28. „Travel Features by Kia | Rough Guides“. 2016-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  29. Atlas & Boots (2016-01-22), Atlas and Boots interview on London Live, 2020-05-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-08-12
  30. Graeme Kemlo Speaks To Adventure Travellers Kia Abdullah And Peter Watson, qaraldi: 2016-08-12
  31. „Get Lost magazine“.
  32. „Peter & Kia | Hero and Leander“ (en-US) (2015-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  33. Wilson. „The best recent crime and thrillers – review roundup“. The Guardian (2019-yil 23-avgust).
  34. Kerridge. „The 26 best thrillers and crime novels of 2019 so far“. The Telegraph (2019-yil 6-sentyabr).
  35. Dugdale. „The best new thrillers“. The Sunday Times (2019-yil 8-sentyabr).
  36. „Asian Booklist: my response to the exhausting diversity debate | The Bookseller“. www.thebookseller.com. Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
  37. 37,0 37,1 „It is possible to be a secular Muslim“ (en). inews.co.uk (2020-yil 6-iyul). Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
  38. „Makumbi, Wheatle and Adeola shortlisted for Diverse Book Awards“ (En). The Bookseller. Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
  39. Owen, James. „The best new thrillers for September 2021 — is Robert Peston’s debut worth reading?“ (en). Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
  40. „Hawkins, Billingham, Hallett and Banville on CWA Dagger longlists“ (En). The Bookseller. Qaraldi: 2022-yil 30-aprel.
  41. „Those People Next Door“. Amazon UK.
  42. „Introducing Atlas & Boots | Royal Robbins Blog“ (en-US) (2014-yil 4-sentyabr). 2016-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.