Kontent qismiga oʻtish

Kibela

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kibela — frigiyaliklar maʼbudasi. Tabiatning ishlab chikaruvchi kuchlari timsoli hisoblangan hamda "Buyuk ona" yoki "Maʼbudlar onasi" deb ulugʻlangan. K.ga eʼtiqod qilish Kichik Osiyo, Yunoniston, Italiya, keyin butun Rim imperiyasiga tarqaldi (mil. av. 204 y.dan Rimda K.ga sigʻinish davlat tomonidan belgilandi). Kohinlar K.ga sigʻinishni turli marosimlar (oʻz-oʻzini qiynash, qurbonlik qoniga yuvinish, oʻzini oʻzi bichish) bilan birga oʻtkazishgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil