Kichik Bolxon togʻlari
Qiyofa
Kichik Bolxon togʻlari - Kopetdogʻning gʻarbiy chekkasi bilan Katta Bolxon togʻlari orasidagi past togʻli koʻtarilma. Katta Bolxon togʻlarining jan.da. Shim.-sharqdan jan.gʻarbga choʻzilgan antiklinal burma. Balandligi 777 m gacha. Oʻz. 30 km ga yaqin. Ohaktosh va mergeldan tashkil topgan. Shimoliy yon bagʻri tik va qisqa, ayrim joylarida 200 m ga yetadigan qoyalar uchraydi. Janubiy yon bagʻri ancha qiya. Yon bagʻirlari shuvokli va shuvoq-shoʻrali choʻldan iborat. Doimiy oqar suvlar yoʻq.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |