Kichik Chimyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kichik Chimyon - Toshkent viloyatidagi togʻ, Chatqol togʻining shim.da. Chatqol togʻ tizmasi tarkibiga kiradi. Gʻarbdan Chimyonsoy vodiysi, jan-gʻarbdan Katta Chimyon togʻi va sharkdan Qoʻylisoy bilan oʻralgan. Katta Chimyon togʻidan Gulik dovoni orqali ajralib turadi. Eng baland joyi 2098 m. Paleozoy togʻ hosil boʻlish davrida burmalangan, ohaktoshlardan tarkib topgan. Keyinchalik nurab, ayrim joylarida granit jinslari ochilib qolgan. Yon bagʻirlari ancha qiya. Qoʻngʻir oʻrmon va jigarrang tuproqlar tarqalgan. Quyi qismida mevali daraxtlar, yuqorida archazor, yongʻoqzorlar va boshqa oʻsimliklar bor. Eng yuqori qismi toshloq, daraxt kam. Chimyonsoyda kurort ("Chimyon"), sanatoriy va bolalar orom-goxlari joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil