Kontent qismiga oʻtish

Kichik Kavkaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kichik kavkaz — Zakavkazyedagi togʻ sistemasi. Old Osiyo togʻligining oʻrta qismini shim., shim.-sharqdan oʻrab turadi. K.K.ga Mesxeti, Trialeti, Somxet, Bazumi, Tambak, Murgoʻz, Shoxdogʻ, Murovdogʻ va Qorabogʻ tizmalari va ular orasidagi vodiylar kiradi. Surami tizmasi K.K.ni Katta [[Kavkaz bilan tutashtiradi. K.K. gʻarbda Kolxida pasttekisligi bilan sharqda Koʻra-Araqs pasttekisligi orasida. Mezozoy va uchlamchi davr choʻkindi vulkanik va introʻziv jinslardan tashkil topgan. Oʻz. 600 km. Balandligi 3724 m gacha (Gamish togʻi). (Yana q. [[Kavkaz).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil