Kontent qismiga oʻtish

Kichik o‘n to‘rt yoshli raqqosa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Kichik oʻn toʻrt yoshli raqqosa" (fr. Petite Danseuse de Quatorze Ans) — Edgar Degas tomonidan 1879-yilda yasab boshlangan va ikki yildan soʻng yakunlangan haykaldir[1].

U zamonaviy sanʼatning eng realistik asarlaridan biri hisoblanadi[2]. Oʻn toʻrt yoshli raqqosa haykalida tasvirlangan timsol kambagʻal oiladan boʻlgan, uch opa-singilning oʻrtanchasi  oʻspirin qiz  Mari van Gyotemdir. Qizning otasi tikuvchi, onasi esa kir yuvib pul topardi. Haykal yaratishdan oldin, muallif oʻz modelini 17 koʻrinishda chizadi va oxir-oqibat uni toʻrtinchi balet pozitsiyasiga qoʻyadi. Degas hech qachon haykaltaroshlik bilan shugʻullanmagan va uni mumdan yasashga qaror qilga.Mum yumshoq va moʻrt material boʻlganligi uchun, rassom oʻz haykaliga qoʻymoqchi boʻlgan barcha xususiyatlarni eng real tarzda ifodalaydi[3][4].

Degasning eng hayratlanarli gʻoyasi raqqosani haqiqiy kiyimda kiyintirish edi: yaʼni ustidagi kiyimlari haqiqiy edi, atroflari esa sariq mum bilan qoplangan. „Oʻn toʻrt yoshli raqqosa“ butun umri davomida rassomning ustaxonasida boʻlgan. Unga bir necha bor nusxalarni bronzadan quyishni taklif qilishgan, bunga esa Degas shunday javob bergan: „Bronzadan quyma narsa qoldirish juda katta mas’uliyat — bu sanʼat asari abadiydir“[5]. Asl nusxasi Vashingtondagi (AQSh) Milliy sanʼat galereyasida saqlanadi.

Marining taqdiri aniq maʼlum emas edi, lekin uning baxtli boʻlishi ham dargumon. Tez orada qiz oʻqigan balet maktabi yopildi va uning bir qancha qarindoshlari, shu jumladan katta singlisi Antuanetta ham ogʻir mehnat qilishga majbur boʻlishdi[6].

  1. „Degas's Little Dancer is still on the point of controversy“ (2011-yil 2-noyabr). 2012-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
  2. „Degas Ballerina Fails to Sell at Christie's as Markets Plummet“ (2011-yil 2-noyabr).
  3. Joseph Czestochowski and Anne Pingeot; Reff, Theodore „To Make Sculpture Modern“, . Degas Sculptures. Memphis: Torch Press, 2002 — 52—3-bet. 
  4. Kendall, Richard. Degas and the Little Dancer. Yale University Press, 1998 — 32-bet. 
  5. „Degas's Little Dancer is still on the point of controversy“ (2011-yil 2-noyabr). 2012-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
  6. „The Painted Girls“ (2009-yil 4-fevral).