Kontent qismiga oʻtish

Qorabuzov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kichik qoravoydan yoʻnaltirildi)
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya

Sinonimlari

Phalacrocorax pygmeus

Qorabuzov, kichik qoravoy — kurakoyoqlilar turkumining qoravoylar oilasiga mansub qush. Jan. Yevropa, Kichik va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda ham tekislikdagi suv havzalarida uchraydi. Dengiz va chuchuk suvli havzalarning orollarida, qamishzor va daraxtzor qirgʻoqlarida yashaydi. Suvda yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. 3—5 yoshida voyaga yetadi. Uyasini koloniya boʻlib qamishlar, oʻtlar orasiga, daraxtlarga quradi. Martaprel oylarida 4—6 ta tuxum qoʻyib, 28—29 kun bosadi. Bolalari iyuniyul oylarida mustaqil hayot kechirishga layoqatli boʻladi. Faqat baliqlar bilan oziqlanadi. Havza baliqchilik xoʻjaliklariga zarar keltiradi. Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʻyxatiga va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

  1. BirdLife International (2019). "Microcarbo pygmaeus". IUCN Red List of Threatened Species 2019: e.T22696734A155598552. doi:10.2305/IUCN.UK.2019-3.RLTS.T22696734A155598552.en. https://www.iucnredlist.org/species/22696734/155598552. Qaraldi: 12 November 2021. Qorabuzov]]