Kontent qismiga oʻtish

Suv havzasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Suv havzasi — yer yuzasining tabiiy yoki sunʼiy pastqam yoki chuqur joylarida tabiiy yoki sunʼiy ravishda suv toʻplanishidan hosil boʻladigan, yo boʻlmasa, suv yoʻlini toʻsib va toʻgʻon qurib hosil qilinadigan sekin oqar yoki oqmas suv manbai. Suv havzasi doimiy yoki mavsumiy (seryogʻin yillarda paydo boʻladigan) turlarga boʻlinadi. Doimiy Suv havzasiga okeanlar, dengizlar, daryolar, koʻllar, tabiiy suv omborlari, jilgʻalar, ariklar va boshqa kiradi. Mavsumiy (vaqtinchalik) Suv havzasi sunʼiy suv omborlari, kanallar, hovuzlar va boshqalardan iborat. Masalan, Oʻzbekiston hududidagi Orol dengizi, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq daryolari tabiiy Suv havzasi, Toshkent dengizi, Chorvoq suv ombori, Andijon suv ombori va boshqa sunʼiy Suv havzasi hisoblanadi.

suv havzasi