Kilogramm
Kilogramm | |
---|---|
kg | |
Kilogramm standarti | |
Umumiy maʼlumot | |
Kattalik | Massa |
Tizim | SI |
Belgisi | kg |
Kilogramm Vikiomborda |
Kilogramm (qisqacha: kg) SI massa oʻlchov birligidir. U xalqaro kilogramm etaloniga teng, deb ta’riflanadi. 1 kg 1000 grammga teng. Xalq orasida kilo deb ataladi. Dastlab, normal atmosfera bosimida 1 litr toza suvning 4 °С dagi massasini 1 kilogramm deb atashgan.
Kilogramm (kilo... va gramm) — Xalqaro birliklar tizimi SIda massa oʻlchov birligi. kg bilan belgilanadi. 1dm3 (4° li) toza suv massasiga teng . Parij yaqinida joylashgan Sevr sh.dagi Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosida saqlanadigan diametri va bal. 39 mm li platina-iridiy (90 % Pt, 10% lr) ning silindr shaklidagi krtishmasi K. etaloni sifatida qabul qilingan (1889). K.ning ulush birligi gramm keng qoʻllanadi: 1 g = 0,001 kg . [1]
Hozirgi kunda kilogramm — SIda insoniyat tomonidan yaratilgan yagona jismdan iborat boʻlgan etalondir.