Kontent qismiga oʻtish

Kim St-Pierre

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kim St-Pierre
Xokkey shon-sharaf mukofoti, 2020
St-Pierre Kanada safida, 2007-yil
Tugʻilgan joyi 14-dekabr 1978-yil (1978-12-14) (46 yosh)
Châteauguay, Quebec, Kanada
Boʻyi 5 ft 9 in (175 cm)
Ogʻirligi 155 lb (70 kg; 11 st 1 lb)
Pozitsiyasi Darvozabon
Katch Chap
Oʻynagan jamoalari McGill Martlets
Montreal Stars
Milliy jamoa  Kanada
Jamoalardagi faoliyat 1998—2013
Websayt
Medallari va yutuqlari
Kanada bayrogʻi Kanada vakili
Olimpiyada oʻyinlari
Oltin 2002 Salt Lake City Turnir
Oltin 2006 Torino Turnir
Oltin 2010 Vancouver Turnir
IIHF Ayollar xokkey chempionati
Oltin 1999 Finlandiya Turnir
Oltin 2000 Kanada Turnir
Oltin 2001 AQSh Turnir
Oltin 2004 Kanada Turnir
Oltin 2007 Kanada Turnir
Kumush 2005 Shvetsiya Turnir
Kumush 2008 Xitoy Turnir
Kumush 2009 Finlandiya Turnir
Kumush 2011 Shveysariya Turnir
Oltin 2010 Kanada Turnir

Kim St-Pierre (talaffuzi: Kim Sent-Pier; 1978-yil 14-dekabrda Châteauguay, Quebecda tugʻilgan) — kanadalik xokkeychi. Uch karra Olimpiya oltin medali sovrindori va besh karra IIHF jahon chempioni. 2020-yil 24-iyun kuni Xokkey shon-shuhrat zaliga nomzod sifatida eʼlon qilingan edi.

1998—1999-yillarda St-Pierre McGill Martlets ayollar xokkey jamoasida eng yaxshi yangi oʻyinchi boʻlgan. Shuningdek, Kanada Universitetlararo Sport tarixida 2003-yil 15-noyabrda McGill universiteti Ryerson universitetini 5-2 hisobida magʻlub etganida erkaklar oʻrtasidagi muntazam mavsumda gʻalaba qozongan birinchi ayol boʻldi[1].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kim St-Per 2002-yilgi Salt Like City Olimpiadasida Kanada terma jamoasi darvozaboni boʻlgan va finalda Kanada jamoasining AQSh jamoasi ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida asosiy darvozabon boʻlgan. Turinda Kanada ayollar jamoasida ham oʻynagan. 2010-yilgi Vankuver qishki Olimpiya oʻyinlarida ayollar xokkey oʻyinida oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. 2013-yil aprel oyida terma jamoadagi oʻyinlarni tark etgan.

St-Pier ilgari Kanada ayollar xokkey ligasining Monreal yulduzlarida oʻynagan. 2007—2008-yillarda CWHL eng yaxshi darvozaboni va CWHL Sharqiy yulduzi deb topildi. 2009-yilda Clarcson kubogini qoʻlga kiritib, xokkey boʻyicha ayollar oʻrtasidagi eng yaxshi uchta sovrinni qoʻlga kiritdi va Clarcson kubogi, Olimpiya oltin medali (2002, 2006 va 2010-yillarda) va Xokkey boʻyicha ayollar oʻrtasidagi IIHF jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan uchinchi ayol boʻldi[3].

Sent-Per 2011—2012-yilgi mavsumda farzandli boʻlish taraddudida boʻlganligi uchun oʻynay olmadi[4].

Mukofot va unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • CWHL eng yaxshi darvozaboni, 2007—008 va 2008—2009
  • CWHL birinchi yulduzlar jamoasi, 2008—2009
  • CWHL Sharqiy yulduzlari, 2007—2008
  • CIAU chempionati oʻyini 2000-yilda eng qimmat oʻyinchi
  • 2003-yilda MDHning eng yaxshi xokkeychisi
  • Eng qimmat xokkeychi, 2002-yil Esso ayollar milliy terma jamoasi[5]
  • 2001-yilgi jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni
  • 2004-yilgi jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni
  • 2002-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining eng yaxshi darvozaboni
  • 2002-yil Esso Kanada milliy chempionatida eng yaxshi darvozabon[6]
  1. „Notable Women's Hockey Players“. Hockey Hall of Fame. 6-iyul 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2010-yil.
  2. „Canada wins blanks U.S. to win gold in women's ice hockey“. CBC.ca (25-fevral 2010-yil). Qaraldi: 26-fevral 2010-yil.
  3. Canadian Gold 2010, Andrew Podnieks, pp. 158, 166, Fenn Publishing, Toronto, Ontario, ISBN 978-1-55168-384-3
  4. „Pregnancy creates opening in goal on women's hockey team“. Tsn.ca (22-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 27-yanvar 2014-yil.
  5. „The Official Website of Hockey Canada“. Hockeycanada.ca. Qaraldi: 27-yanvar 2014-yil.
  6. „2002 Esso Canadian National Championship“. whockey.com. Qaraldi: 25-noyabr 2010-yil.