Kimmeriy burmalanishi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kimmeriy burmalanishi (Qora dengiz sohillarida yashagan kimmeriy qabilasi nomidan) — mezozoy erasining burmalanish, togʻ hosil boʻlish, granitoidli intruziv magmatizm kabi tektonik jarayonlar namoyon boʻlishining asosiy davri.
Kimmeriy burmalanishining 2 fazasi farqlanadi: trias davri oxiri — yura davri boshlarida sodir boʻlgan erta kimmeriy (qad. kimmeriy) va yura davri oxiri boʻr davri boshlaridagi kechki kimmeriy (yangi kimmeriy) davrlari.
Birinchisi Krim, Shimoliy Dobruj, Taymir, Shimoliy Afgʻoniston, Jan.-Sharqiy Osiyo, Patagoniya And togʻlari, Shim.Sharqiy Argentina, Afrikaning chekka jan.da, ikkinchisi — Verxoyan-Chukotka tabiiy oblasti (Kolima burmalanishi), Shimoliy Amerikaning Gʻarbiy Kordilyerasi (Nevada burmalanishi), Janubiy Amerikada (And burmalanishi) hamda Markaziy va Jan.-Sharqiy Pomir, Qoraqurum, Markaziy Eron, Kavkaz va boshqa hududlarda. Kavkazda asosiy Kimmeriy burmalanishi zonasi farq qilinadi va shu asosda bu yerda oʻziga xos metallogeniyasiga va rivojlanish xususiyatiga ega boʻlgan mustaqil tektogʻenez sikli ajratilgan. Ammo, koʻpchilik tektonistlar uni alp tektogenezi tarkibiga kiritadilar. Kimmeriy burmalanishi Yer rivojlanishi tarixida muhim rol oʻynagan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |