Kontent qismiga oʻtish

Kimyoviy tenglamalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kimyoviy tenglamalar – kimyoviy reaksiyalarning kimyoviy formulalar, belgilar va son koeffitsiyentlari yordamida berilgan qisqacha ifodasi. Kimyoviy tenglamalar tenglik alomatining chap tomoniga reaksiya uchun olingan moddalarning formulalari, oʻng tomoniga esa reaksiya natijasida hosil boʻlgan mahsulotlarning formulalari yoziladi. Reaksiya natijasida atomlarning umumiy soni oʻzgarmaydi, shuning uchun tenglik alomatining chap va oʻng tomonidagi har bir element atomlarining soni teng boʻlishi shart. Kimyoviy tenglamalar tuzishda moddalarning massasi va massaning saqlanish qonuniga asoslaniladi. Masalan vodorod bilan kisloroddan suv hosil boʻlish reaksiyasi tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:. Reaksiyada 2 mol (4 g) vodorod 1 mol (32 g) kislorod bilan birikib, 2 mol (36 g) suv hosil qiladi. Kimyoviy tenglamalar laboratoriyada va ishlab chiqarishda muayyan reaksiyani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan har xil hisoblarni oʻtkazishga imkon beradi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil