Kimyoviy texnologiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kimyoviy texnologiya - tabiiy xom-ashyo, sanoat chiqindilari, shuningdek, sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlab, isteʼmol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fandir. Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiyaning vazifasidir. Har qanday Kimyoviy texnologiya jarayonining asosiy elementlari — xom-ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilgʻi, toʻqimachilik, kon, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida Kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish usullari va jarayonlarining umumiy, muhim asoslari va qonuniyatlarini oʻrganadigan umumiy Kimyoviy texnologiya ham mavjud. Kimyoviy texnologiya tayyor mahsulot olish maqsadida xom-ashyo va yarim mahsulotni tayyorlash, uning holati, xossalari, shaklini maʼlum ishlab chiqarish vositalari yordamida oʻzgartirish usullari va jarayonlarini oʻrganadi. Kimyoviy texnologiya anorganik moddalar texnologiyasi (kislota, ishqor, soda, tuz, mineral oʻgʻitlar va boshqalar...) va organik moddalar texnologiyasi (sintetik kauchuk, plastmassa, kimyoviy tolalar, boʻyagich moddalar, spirt, organik kislotalar va boshqa sanoati) ga boʻlinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |