Kinderle gʻori
Kinderle gʻori (ruscha: 30-летия Победы, Киндерлинская, boshqirdcha: Киндерле) Janubiy Uraldagi ikkinchi eng uzun gʻordir. U Zilim tabiat bogʻi hududida, Rossiyaning Boshqirdistonidagi Kinderle daryosining oʻng qirgʻogʻidagi Tashasti qishlogʻidan 5 km uzoqlikda joylashgan. Gʻor devon davrida shakllangan va 4 ta gorizontal qavatlardan tashkil topgan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kinderle gʻoriga kirish qismi dengiz sathidan 94 m balandlikda joylashgan boʻlib, kirish qiya tunnel bilan bogʻlangan. Tunnelda maydoni 720 kvadrat metr va qalinligi 8 metr boʻlgan muzlik mavjud. Muzliklarda turli stalagmitlar oʻsadi. Gʻorning uzunligi 8130 m boʻlib, shu jumladan suv ostidagi qismi 230 m ni tashkil etadi. Gʻorning hajmi 229600 kub metr, umumiy maydoni 39400 kvadrat metrga teng. Devorining oʻrtacha kengligi 5,4 m, balandligi 7,1 m. Yoʻlaklarning amplitudasi 215 m boʻlib, bu Uraldagi eng chuqur gʻor hisoblanadi. Gʻor atrofida nasha oʻsimligi oʻsadi, shuning uchun boshqirdlar gʻorni Kinderle deb atashgan. Ular yozda goʻshtlarini uzoq vaqt davomida aynimasligi uchun muzliklarda saqlashga odatlanishgan.
Mazkur gʻor haqidagi ma’lumotlar ilk marotaba 1942-yilda Maxsus Maqsadli Ekspeditsiya hisobotida tilga olingan, keyin G.V. Vaxrushev tomonidan daryo bo‘yida Gafuriy tumanida joylashgan “qor-muzli g‘or” sifatida qayd etilgan. G‘orni faol o‘rganish ishlari 1974-yilda, ovchi A. Karanayev speleolog Anatoliy Andreyevga g‘orni ko‘rsatganidan keyingina boshlangan. G‘orning 2443 m qismi o‘rganilgan. 1975-yilda g‘orni ekskursiya joyi sifatida o‘rganish uchun Boshqird viloyatining turizm va ekskursiyalar bo‘yicha ekspeditsiyasi tashkil etilgan.
G‘or shartli ravishda 8 qismga bo‘lingan.
Nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1974-yilda gʻor speleologlar tomonidan oʻrganilgan va fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan gʻalabaning 30 yilligini nishonlash sharafiga gʻorga Gʻalaba gʻori (ruscha: Пещера Победа) nomi berilgan[1].
Bugungi kundagi holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumki, Zilim tabiat bogʻi hududida 67 ta gʻor mavjud. Ulardan eng mashhuri — Kinderle gʻoridir. Gʻorga har yili minglab sayyohlar tashrif buyurishadi. 2010-yilda gʻordagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish uchun kirish qismiga metall panjara oʻrnatilgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Gʻorning ichki koʻrinishi (norasmiy nomi:Oshxona zali)
-
Gʻorning ichki koʻrinishi (norasmiy nomi:Oktyabr zali)
-
Trikonal topografik tadqiqot
-
Gʻorning ichki koʻrinishi
-
Gʻorning ichki koʻrinishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Boshqird ensiklopediyasida maqola (ruscha)