Kingston (Ontario)
Kingston | |
---|---|
Kingston shahri (inglizcha: City of Kingston) | |
Nickname: Limestone City | |
Motto(s): Antiquitate Civilitate Humanitate (lot.) („Faxrli tarixga ega xushmuomala va topqir hamjamiyat“) | |
Koordinatalari: 44°14′05″N 76°30′39″W / 44.23472°N 76.51083°W | |
Mamlakat | Kanada |
Provinsiya | Ontario |
Asos solingan | 1673 (Fort Cataraqui oʻlaroq; keyinchalik Fort Frontenac deb oʻzgartirilgan) |
Inkorportatsiya qilingan | 1838 (shaharcha); 1846 (shahar) |
Birlashtirilgan | 1998 (Kingston va Pittsburgh shaharlari) |
Hukumat | |
• Mayor | Bryan Paterson[1] |
• Boshqaruv organi | Kingston shahar kengashil |
• MP (Federal) |
Mark Gerretsen (LPC) Scott Reid (CPC) |
• MPP (Provinsial) |
Ted Hsu (OLP) John Jordan (PCPO) |
Hudud | |
• Quruqlik | 451,19 km2 (200 sq mi) |
• Metro | 1 906,82 km2 (700 sq mi) |
Balandligi | 93 m (305 ft) |
Aholisi (2021) | |
• Shahar | 132 485 |
• Zichligi | 274,4/km2 (700/sq mi) |
• Metro | 172 546 |
• Metro zichligi | 83,1/km2 (200/sq mi) |
source:[2] | |
Vaqt mintaqasi | UTC−05:00 (EST) |
• Yoz (DST) | UTC−04:00 (EDT) |
Pochta indeksi diapazoni |
K7K – K7P |
Hudud kod(lar)i | 613, 343 va 753 |
YAIM | CA$ 9,4 milliard (2018)[3] |
Kishi boshiga YAIM | CA$ 54 022 (2016) |
Veb-sayt | www.cityofkingston.ca |
Kingston – Kanadaning Ontario provinsiyasidagi shahar. Ontario koʻlining shimoli-sharqiy tomonida, Toronto va Monreal shaharlari oʻrtasida joylashgan. Shahar yaqinidan Mingorol orollari hamda Prince Edward kauntisi kabi sayyohlik hududlari oʻrin olgan. Kingstonning laqabi „Ohaktosh shahri“ (inglizcha: Limestone City), chunki shahardagi koʻplab binolarda mahalliy ohaktosh ishlatilgan.
1841–1844-yillarda Kingston Kanada provinsiyasining birinchi poytaxti boʻlgan[4]. 1844-yil 10-mayda poytaxt Monrealga koʻchirilgan. Kingston qisqa vaqt davomida poytaxt boʻlgan boʻlsa-da, shahar harbiy jihatdam muhim ahamiyat kasb etib keladi. Kingston Ontario provinsiyasining taʼlim va sogʻliqni saqlash markazi hisoblanadi. Unda ikkita yirik universitet, kasb-hunar kolleji hamda uchta yirik shifoxona joylashgan.
Kingston 1998-yilgacha Frontenac kauntisining markazi boʻlgan. Hozirgi kunda esa Kingston Frontenac kauntisidan alohida munitsipalitetdir. Kingston Ontario janubi-sharqidagi eng yirik munitsipalitet hamda Ontario provinsiyasining oʻninchi eng yirik metropoliten hududidir. Shahar, shuningdek, Kanadaning birinchi bosh vaziri John A. Macdonaldning vatani hisoblanadi.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kingston shahrining dastlabki nomi Cataraqui boʻlib, bu unga mahalliy xalqlar bergan nomdir. Bu soʻz „buyuk yigʻilish joyi“, „yashirinadigan joy“, „oʻtib boʻlmas“, „loyqa daryo“, „chekinish joyi“, „suvdan koʻtarilgan loy qirgʻoq“, „daryolar va koʻllar uchrashadigan joy“, „suvdadagi toshlar“ yoki „ohaktosh (yoki loy) joylashgan joy“ maʼnolarini anglatishi mumkin[5][6][7][8][9][10][11].
1787-yilga kelib Cataraqui qirol George III sharafiga „King's Town“ yoki „the King's Town“ (oʻzbekcha: „Qirol shahri“) deb atala boshlangan. Bu nom 1788-yilda „Kingston“ deb qisqartirilgan[12][13]. Cataraqui nomi bilan bugungi kunda Princess koʻchasi va Sydenham Road chorrahasi atrofidagi hudud ataladi. Makzur hududda Cataraqui qishlogʻi (avvalgi Waterloo deb nomlangan) joylashgan. Cataraqui, shuningdek, munitsipal saylov okrugining nomidir.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilda Kingston aholisining 82,4% oq tanli/yevropalik, 13,4% koʻzga koʻrinadigan ozchiliklar va 4,2% mahalliy aholi tashkil qilgan. Koʻzga koʻrinadigan eng katta ozchilik guruhlari janubiy osiyoliklar (3,4%), xitoylar (2,4%), qoratanlilar (2,0%), arablar (1,2%) va lotin amerikasiliklardir (1,0%)[14].
Etnik va madaniy kelib chiqishi (2021) | Aholi | Foiz |
---|---|---|
Irlandlar | 33,410 | 25.9% |
Inglizlar | 32,920 | 25.5% |
Shotlandlar | 28,430 | 20.0% |
Kanadaliklar | 20,990 | 16.3% |
Fransuzlar | 14,315 | 11.1% |
Germaniyalik-kanadaliklar | 12,210 | 9.5% |
Oqtanlilar | 6,675 | 5.2% |
Britaniya orollari | 6,535 | 5.1% |
Gollandiyalik-kanadaliklar | 6,395 | 5.0% |
Italyanlar | 4,630 | 3.6% |
Kanadadagi hindular (Shimoliy Amerika hindulari) | 3,825 | 3.0% |
Polshalik-kanadaliklar | 3,550 | 2.7% |
Xitoylik-kanadaliklar | 3,155 | 2.4% |
Valliy(uelslik)-kanadaliklar | 3,025 | 2.3% |
Eslatma: bir kishi bir nechta etnik guruhga tegishli ekanligini aytishi mumkin. |
Panetnik guruh |
2021[15] | 2016[16] | 2011[17] | 2006[18] | 2001[19] | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Aholi soni | % | Aholi soni | % | Aholi soni | % | Aholi soni | % | Aholi soni | % | |
Yevropalik-kanadaliklar | 106,315 | 82.34% | 104,340 | 86.79% | 106,660 | 89.68% | 103,540 | 90.78% | 103,030 | 92.75% |
Kanadadagi tub xalqlar | 5470 | 4.24% | 4,220 | 3.51% | 3,485 | 2.93% | 2,360 | 2.07% | 1,765 | 1.59% |
Janubiy osiyolik kanadaliklar | 4,430 | 3.43% | 2,395 | 1.99% | 1,995 | 1.68% | 1,720 | 1.51% | 1,430 | 1.29% |
Sharqiy osiyolik kanadaliklar | 3,990 | 3.09% | 3,250 | 2.7% | 2,505 | 2.11% | 2,920 | 2.56% | 2,035 | 1.83% |
Afrikalik kanadaliklar | 2,600 | 2.01% | 1,750 | 1.46% | 1,105 | 0.93% | 1,030 | 0.9% | 685 | 0.62% |
Yaqin sharqlik kanadaliklar | 2,300 | 1.78% | 1,480 | 1.23% | 1,065 | 0.9% | 645 | 0.57% | 530 | 0.48% |
Janubiy osiyoliklar | 1,860 | 1.44% | 1,300 | 1.08% | 1,035 | 0.87% | 755 | 0.66% | 755 | 0.68% |
Lotin amerikalik kanadaliklar | 1,270 | 0.98% | 885 | 0.74% | 805 | 0.68% | 710 | 0.62% | 595 | 0.54% |
Boshqalar | 875 | 0.68% | 590 | 0.49% | 280 | 0.24% | 360 | 0.32% | 265 | 0.24% |
Umumiy javoblar | 129,115 | 97.46% | 120,215 | 97.11% | 118,930 | 96.41% | 114,050 | 97.31% | 111,085 | 97.28% |
Umumiy aholi | 132,485 | 100% | 123,798 | 100% | 123,363 | 100% | 117,207 | 100% | 114,195 | 100% |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ottawa Valley election results: Mayoral Races“. CTV Ottawa (2014-yil 28-oktyabr). 2014-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-noyabr.
- ↑ „Population and Dwelling Count Highlight Tables, 2016 Census“. Statistics Canada (2017-yil 8-fevral). 2017-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-fevral.
- ↑ „Table 36-10-0468-01 Gross domestic product (GDP) at basic prices, by census metropolitan area (CMA) (x 1,000,000)“. Statistics Canada (2017-yil 27-yanvar). 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
- ↑ Osborne 2011, p. 81
- ↑ Quebec History – Cataraqui (Wayback Machine saytida March 4, 2016, sanasida arxivlangan) Retrieved April 12, 2014
- ↑ „Cataraqui Archaeological Research Foundation - About“. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
- ↑ Histoires de Bâtiment – Naval Historic Sites – Kingston (Wayback Machine saytida April 13, 2014, sanasida arxivlangan) Retrieved April 12, 2014
- ↑ All About Canada, Kingston, Ontario-Settlement and Early Days (Wayback Machine saytida April 13, 2014, sanasida arxivlangan) Retrieved April 12, 2014
- ↑ Brown, Ron. Hidden Ontario: Secrets from Ontario's Past. Toronto: Dundurn, 2011 — 98–100-bet. ISBN 978-1554889556.
- ↑ Young, Susan „Celebrating Lemoine Point Farm“. The Kingston Whig-Standard (2021-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
- ↑ „Indigenous People - City of Kingston“. www.cityofkingston.ca. 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ Armstrong 1973, p. 67.
- ↑ „Chronology of the History of Kingston“. Kingston Historical Society. 2012-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-iyun.
- ↑ „Profile table, Census Profile, 2021 Census of Population - Kingston, City (CY) [Census subdivision, Ontario“]. www12.statcan.gc.ca (2022-yil 9-fevral). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
- ↑ „Census Profile, 2021 Census of Population“. www12.statcan.gc.ca (2022-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
- ↑ „Census Profile, 2016 Census“. www12.statcan.gc.ca (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
- ↑ „NHS Profile“. www12.statcan.gc.ca (2015-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
- ↑ „2006 Community Profiles“. www12.statcan.gc.ca (2019-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
- ↑ „2001 Community Profiles“. www12.statcan.gc.ca (2019-yil 2-iyul). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.