Kontent qismiga oʻtish

Kinokonsert

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kinokonsert (kino... va konsert)— alohida konsert nomerlaridan iborat film; kinematografiya turi. Ovozli kinoning dastlabki yillarida yuzaga keldi. Gʻarb mamlakatlarida filmrevyular mashhur. Taniqli sanʼatkorlar ijodi bilan eng oʻzoq, chekka shaharlar aholisini tanishtirish, mashhur ijrochilar ijodini abadiylashtirish, yoshlarni estetik ruhda tarbiyalashda K. ning muhim ahamiyati bor. K. barcha kinostudiyalarda muntazam ravishda ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda "Frontdagi doʻstlarga", "Besh respublika konserti", "Shashmaqom" hamda alohida xonanda va raqqosalar ijodiga bagʻishlangan koʻplab K.lar ishlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil