Kontent qismiga oʻtish

Kirchhoff qoidalari (qonunlari)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kirchhoff qoidalari murakkab (tarvaqaylab ketgan) shahar davrlarini hisoblash uchun qoʻllanadi. Murakkab oqim usuli ushbu qoidalarni AC davrlarini hisoblash uchun tarqatishga imkon beradi.

Tarmoqlangan zanjirning istalgan qismidagi tok kuchini shu qismlardagi berilgan qarshiliklar va qoʻyilgan EYUK(elektr yurituvchi kuch)lar boʻyicha aniqlashga imkon beruvchi qoidalar. Oʻtkazgichlarning tarmoqlangan elektr zanjiridagi oʻzgarmas tok yoki kvazistatsionar tok (sekin oʻzgaradigan oʻzgaruvchi tok)lar va kuchlanishlar orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. 1847-yilda Gustav Kirchhoff aniqlagan.

Tarmoqlangan zanjirda kamida uhoʻtkazgich tutashadigan har qanday nuqta tugun deb ataladi. Kirchhoffning birinchi qoidasiga koʻra, oʻtkazgichlarning uchlari tutashgan nuqta (tugun) da uchrashuvchi tok kuchlari 1k ning algebraik yigʻindisi nolga teng: £ Ik = 0, bunda k — tugunga kelib qoʻshilayotgan oʻtkazgichlar soni. Tugunga kelayotgan toklar musbat, undan chiqayotganlari manfiy deb hisoblanadi. Bu qoida elektr zaryadining saqlanish qonunini aks ettiradi. Kirchhoffning ikkinchi qoidasiga koʻra, oʻtkazgichlarning tarmoqlangan elektr zanjiridagi ixtiyoriy tanlangan har qanday berk konturda zanjirning tegishli qismlaridagi tok kuchlari 1K ning shu qismlar qarshiliklari R ga koʻpaytmalari yigʻindisi mazkur konturdagi EYUKlari yigʻindisiga teng, yaʼni X/tRk = X ek, bunda ya-konturning tegishli qismlari. Tokning yoʻnalishi bilan konturning yoʻnalishi soat mili yoʻnalishi boʻyicha boʻlsa va EYUK kontur yoʻnalishida tok hosil qilsa, tok va EYUK musbat, aks holda esa ular manfiy qiymatga ega boʻladi


[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil