Kontent qismiga oʻtish

Kisangani

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kisangani

Kisangani (1966-yil iyulgacha Stenlivil) — Kongo Demokratik Respublikasidagi shahar. Yuqori Kongo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 418 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Kongo daryosi boʻyidagi port. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim savdo-taqsimot va sanoat markazi. Kisangani mahsulotlarini dastlabki ishlash (paxta tozalash, sholi oqlash va boshqalar), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo, yogʻochsozlik lak-boʻyoq korxonalari, universitet bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1883-yilda asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil