Kishin Heidan
„Zirhli otryad 1941“ (yaponcha: 機神兵団 kisin xeydan) — Yamada Masakining, keyinchalik animega moslashtirilgan, layt-novel asarlari seriyasi.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkinchi Jahon urushining muqobil variantida, Yer oʻzga sayyoraliklar tomonidan bosib olinadi. Ular urushga qoʻshilib, „Berlin-Rim oʻqi“ mamlakatlari tomonida boʻlishadi. Oʻzga sayyoraliklardan himoyalanish uchun „Kisin“ korpusi tashkil etilgan. Ushbu korpus uchun olimlar, oʻzga sayyoraliklarning texnologiyalardan foydalangan holda, yangi qurollarni ishlab chiqishadi. Bir kuni bosh qahramon Taysi otasidan, nemislar izlayotgan yashirin, oʻzga sayyoraliklarning qurilmasini oladi. Ular ushbu qurilmadan o‘z robotlarini yaratishda foydalanishni rejalashtirishgan.
Media
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ranobe
[tahrir | manbasini tahrirlash]Seriya 1993-yil 24-martdan 1994-yil 25-avgustgacha Chuokoron-Shinsha kompaniyasi tomonidan nashr etilgan va 10 jildni oʻz ichiga oladi. 1995-yilda serial „Yilning eng yaxshi yapon romani“[1] sifatida Seiun Award mukofotini olgan.
Anime
[tahrir | manbasini tahrirlash]OVA Alien Defender Geo-Armor: Kishin Corps seriali, kitoblar asosida, Geneon studiyasi tomonidan suratga olingan. Takaaki Isiyama va Kadzunori Midzuno rejissyorlaridir. Uning barcha 7 qismining premyerasi, 1993-yil 24-martdan 1994-yil 25-avgustgacha, Yaponiyada namoyish etilgan. Anime MC Entertainment kompaniyasi tomonidan litsenziyalangan va rus tiliga tarjima qilingan. Shuningdek, " 2x2 "[2] telekanalida efirga uzatilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „日本SFファングループ連合会議:星雲賞リスト“ (ja). SF-Fan. Qaraldi: 2018-yil 23-may.
- ↑ Anime Broneotryad 1941