Kontent qismiga oʻtish

Kitsimon delfinlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kitsimon delfinlar (Lissodelphis) – delfinlar oilasining bitta urugi. uzunligi 2,5 m gacha. Boshidagi yogʻ yostiqchasi past, tumshugʻi ingichka. Orqa suzgichi boʻlmaydi, dum qismi ingichkalashgan. 2 turi: shimoliy Kitsimon delfinlar (L. borealis) – Tinch okeanning shimoliy qismida, jumladan, Uzoq Sharq dengizlarida, janubiy Kitsimon delfinlar (L. peroni) – Janubiy yarim sharning moʻtadil iqlimidan Antarktikagacha boʻlgan okean va dengizlarda tarqalgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil