Kontent qismiga oʻtish

Jayron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kiyikdan yoʻnaltirildi)
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Juft tuyoqlilar
Urugʻ: Gʻizollar
Tur: G. subgutturosa
Binar nomi
Gazella subgutturosa
Gazella subgutturosa


Jayron, kiyik, ohu (lotincha Gazella subgutturosa) – ohular (gʻizollar) urugʻiga mansub sut emizuvchi hayvon.

Tanasining uzunligi oʻrtacha 94 sm dan 115 sm gacha boʻlib, boʻyi 60 sm dan 65 sm ni tashkil qiladi, ogʻirligi esa taxminan 25 kg dan 30 kg gacha boʻladi. Urgʻochisi shoxsiz. Erkagining shoxi qora, yoʻgʻon va boʻgʻimli, uzunligi 40 sm gacha boʻladi. Koʻpchilik jayronlar och jigarrangda boʻlishadi. Pastki tomoni esa har doim oq rangda boʻladi. Yuzidagi qashqasi esa hali balogʻatga yetmagan hayvonlarda aniq koʻrinadi. Jayronlar qurqulikdagi eng tezkor hayvonlar orasiga kiradi .Ular biror bir yirtqich hayvondan qochayotgan payti soatiga 70 km tezlikka erisha olishlari mumkin[1].

Yashash joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tekis yoki past baland choʻllar, yarimchoʻllar va qir adirlar, choʻllashgan togʻ oldi hududlari. Ular asosan shagʻalli, sertuproq yerlarda yashashni afzal koʻradi. Qishda esa oʻnqir choʻnqir relefli joylarda, yassi tekislik daralarida va chuqurliklarda yashaydi[2].

XXI asrning boshida ularning soni 5—6 mingta deb hisoblangan, ulardan Buxoro viloyatida – 1400—1600 ta, Quljuqtogʻ massivida – 150—180 ta, Qoratogʻ massivida – 50—70 ta, Kimerqum massivida – 50—80 ta, Sandiqlida – 80—100 ta, Amudaryo qismida – 100—200 ta, Buxoro ixtisoslashgan „Jayron“ pitomingida —902 ta, ekomarkazning ilmiy-amaliy qismida – 39—45 tani tashkil etgan. Hozirda taxminan 4000 tasi saqlanib qolgan[3].

Gazella subgutturosa hilleriana — Mogʻulistonda tarqalgan bu turning hozirgi maqomi yoʻqolib ketish xavfi ostida.

Gazella subgutturosa reginae – bu tur asosan shimoliy Tibet togʻlarida tarqalgan bu turning hozirgi maqomi kam xavf ostida.

Gazella subgutturosa sairensis – Jungʻariya tekisligi va sharqiy Balxash, shimolda Tarbagʻatoy togʻlarigacha tarqalgan bu turning xozirgi maqomi yoʻqolib ketish xavfi ostida.

Gazella subgutturosa seistanica — Sharqiy Forsdagi Seyiston, Balujiston, Afgʻonistonda tarqalgan bu turning maqomi yoʻq boʻlib ketgan.

Gazella subgutturosa subgutturosa — Kavkaz togʻlari, Mesopotamiya, Turkistoni hududlarida tarqalgan bu turning maqomi yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida va bu tur hozirgi kunda, Rossiya qoʻriqxonalarida yashaydi.

Gazella subgutturosa yarkandensis — Shinjon hududlaridad keng tarqalgan bu turning hozirgi maqomi kam xavf ostida[4].

Markaziy Osiyo va Gʻarbiy Osiyoda, jumladan Zakavkazye, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Janubiy Qozogʻistonning choʻl va chalachoʻllari, Qoraqalpogʻistonning Ustyurt yassi tekisligi, Janubiy Orolboʻylarida, Qizilqum sahrosi, Kimerqum, Sandiqli, Yakkachakka qumliklari va Qarshi choʻli, Surxandaryo viloyatining ayrim joylarida tarqalgan. Hozirgi kunda bu joylardan koʻpchiligida yoʻq boʻlib ketgan[3].

Yashash tarzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poda boʻlib koʻpro oʻtroq va yarim oʻtroq holatda yashaydi. Bahor va yozda 4—7 tadan, qishda 15—20 tadan, baʼzan bir necha yuztadan poda boʻlib oʻtlaydi. Koʻklamda gʻallasimonlar va efemer oʻsimliklar, kuzda shoʻrak va shuvoqlar; qishda butalar novdasi va mevasi bilan oziqlanadi. Jayronning oyoqlari ingichka, tez (soatiga 60 km gacha) yuguradi. Aprelmayda 1—2 bola tugʻadi. Tutqinlikda yaxshi koʻpayadi, lekin uzoq yashamaydi. Goʻshti va terisi uchun koʻplab ovlanishi tufayli soni juda kamayib ketgan. Buxoro va Surxondaryoda jayronlarni koʻpaytirish uchun maxsus pitomnik (parvarishxona)lar tashkil etilgan. Xalqaro va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.[5]