Kontent qismiga oʻtish

Kiyimlar tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hind ayol, Francesco Renaldi (1789). Dakkadagi bengal muslinini kiygan ayol

Kiyim-kechak va toʻqimachilik tarixi insoniyat taraqqiyoti davomida rivojlanishi, qoʻllanilishi va mavjudligini oʻrganadi. Kiyim-kechak va toʻqimachilik turli davrlarda va sivilizatsiyalarda mavjud boʻlgan materiallar hamda texnologiyalarni aks ettiradi. Jamiyatda kiyim-kechak va toʻqimachilik mahsulotlarining xilma-xilligi va tarqalishi ijtimoiy urf-odatlar hamda madaniyatni namoyon etadi.

Kiyim kiyish faqat insonning oʻziga xos va aksariyat insoniyat jamiyatlarining xususiyatidir. Olimlar oʻrtasida odamlar qachon kiyim kiyishni qachon boshlaganligi haqida har doim baʼzi tortishuvlar boʻlgan, ammo Florida universitetining tana bitlarining evolyutsiyasi bilan bogʻliq yangi tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, ushbu tarix taxminan 170,000 yil oldin boshlangan. Florida universiteti tadqiqoti natijalari shuni koʻrsatadiki, odamlar kiyim kiyishni boshlaganlar, bu texnologiya ularga Afrikadan boshqa mintaqalarga koʻchib oʻtishga imkon bergan. Antropologlarning taʼkidlashicha, insonlar yangi iqlim sharoitlariga koʻchganlarida, hayvon terilari va oʻsimliklardan tayyorlangan qoplamalarni sovuq, issiqlik va yomgʻirdan himoyalanish uchun oʻzlashtirishgan[1].

Toʻqimachilik tarixi deyarli insoniyat sivilizatsiyasi kabi qadimiy boʻlib, vaqt oʻtishi bilan toʻqimachilik tarixi yanada boyib borgan. Ipak toʻqish Hindistonga mil. avv. 400-yil, paxta yigirish esa miloddan avvalgi 3000-yilga toʻgʻri keladi[2]. Pokistonning neolit davri Mehrgarh shahrida oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar mis munchoqdan olingan minerallashgan tolalarning tahlili maqolasida paxta tolalari miloddan avvalgi 7-ming yillikda ishlatilganligini aniqlagan[3].

Toʻqimachilik ip tayyorlashdan boshlangan va keyin esa toʻr, halqa, toʻqish yoki matolar ishlab chiqarish uchun toʻqilgan felt yoki yigirilgan tolalar birin-ketin ishlab chiqarila boshlangan. Ushbu mahsulotlar Yaqin Sharqda tosh asrining oxirida paydo boʻlgan[4]. Qadimgi davrdan to hozirgi kungacha toʻqimachilik ishlab chiqarish usullari doimiy ravishda rivojlanib kelgan va mavjud toʻqimachilik mahsulotlarini tanlash odamlarning buyumlarini qanday olib yurishi, kiyinishi va yon-atrofini bezashiga taʼsir qilgan[5].

  1. Toups, Melissa A.; Kitchen, Andrew; Light, Jessica E.; Reed, David L. (January 2011). "Origin of clothing lice indicates early clothing use by anatomically modern humans in Africa". Molecular Biology and Evolution 28 (1): 29–32. doi:10.1093/molbev/msq234. PMID 20823373. PMC 3002236. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3002236. 
  2. „History of Textiles“ (en-US). Textile School (2010-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
  3. Moulherat, Christophe; Tengberg, Margareta; Haquet, Jérôme-F.; Mille, Benoît (2002). "First Evidence of Cotton at Neolithic Mehrgarh, Pakistan: Analysis of Mineralized Fibres from a Copper Bead". Journal of Archaeological Science 29 (12): 1393–1401. doi:10.1006/jasc.2001.0779. https://www.harappa.com/sites/default/files/pdf/First_Evidence_of_Cotton_at_Mehrgarh.pdf. Qaraldi: 2023-03-14. Kiyimlar tarixi]]
  4. Creativity In The Textile Industries: A Story From Pre-History To The 21st century (Wayback Machine saytida 9 May 2008 sanasida arxivlangan). Textileinstitutebooks.com. Retrieved on 1 January 2012.
  5. Jenkins (2003), s. 1–6.