Kontent qismiga oʻtish

Kizerit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kizerit [nem. olimi D.G.Kizer (1779—1856) nomidan] — sulfatlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibi — Mg [So4] H2O; tarkibida 29% MgO bor. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangi kulrang , oq, baʼzan sargʻimtir, yarqiroqligi shishasimon (kristallar uchun) va xira (mayda donachali kizeritning zich massalari uchun). Qattiqligi 3—3,5 ga yaqin, zichligi 2570 kg/m3. Moʻrt. Suvda sekin eriydi, kukun xrlatida suv bilan namlansa gips kabi qotadi. Nam havoda parda bilan qoplanadi. K. — dengiz eva-poritlariga xos mineral. Kaliy sulfatli shoʻr konlarda va shoʻrxoklarda keng tarqalgan. Magniyni ishlab chiqish va tez qotuvchi sementlarni tayyorlashda foydalaniladi. Oʻzbekistondagi barcha kaliy tuzli konlar va Shoʻrsuv oltingugurt konida mavjud. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil