Klan
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Klan (gelcha clann — nayel, urugʻ, avlod) — 1) kelt xalqlarida urugʻ, baʼzan qabila nomi. Keyinchalik, urugʻchilik munosabatlari yemirilishi davrida — taxmin etilgan urugʻ boshligʻi ismi bilan atalgan qadimiy urugʻ avlodlari boʻlgan qonqarindoshlarning yirik guruhlari. Bunda shotlandlar va irlandlarda umumiy ismga "oʻgʻil", "oʻgʻli" maʼnosini anglatuvchi "Mak" qoʻshimchasi qoʻshila boshlangan (masalan, Mak Kartli, Makdonald); irlandlarda buni boshqa bir shakli ham boʻlib, ism oldiga "O" ("nabira") qoʻshimchasi qoʻshilgan (mas, O’Konnor). Klan urugʻchilik tuzumiga xos boʻlgan yerning umumiy mulkligi va boshqa udumlar (xun olish, umumiy kafillikka olish va boshqalar) ni saqlab qolgan. Shotlandiya va Uels ning ayrim rayonlarida Klan 19-asrgacha saqlangan. Hozirgi (asosan, chet el) adabiyotlarda Klan — "urugʻ" istilohiga mos keladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |