Kontent qismiga oʻtish

Klara Yusupova

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Klara Yunusovna Yusupova (1930.28.7, Toshkent) – raqqosa, balerina, Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Navoiy teatri qoshidagi studiyada va Moskva xoreografiya bilim yurtida oʻqigan (1945—52). 1951—78 yillar Navoiy nomidagi opera va balet teatrining solistkasi. Esmeralda („Esmeralda“), feya Sireni („Uyqudagi goʻzal“), Kitri („Don Koxot“) kabi partiyalarni ijro etgan. Yu., asosan, oʻzbek xalq raqslarining mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Uning raqslari shoʻx, joʻshqin va jozibadorligi, murakkab, lekin erkin harakatlari, oʻziga xos milliyligi bilan ajralib turadi. „Zang“, „Larzon“, „Rohat“, „Dutor bayoti“, „Munojot“, „Shoʻx qiz“, „Buxorocha“, „Lazgi“, „Pomircha“ kabi raqslari shular jumlasidan. Bolgariya, Ruminiya, Fransiya, Hindiston, Italiya, Braziliya kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil