Klark Charlz
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Klark Charlz (1741-1779.22.8, Petropavlovsk-Kamchatskiy) – ingliz dengizchisi. Toʻrt marta dunyo aylana sayohatda qatnashgan. 1764—1766 yillarda Jon Bayron ekspeditsiyasida, 1768-1771, 1772-1775 va 1776-1779 yillarda J. Kuk ekspeditsiyalarida. 1779-yil 14-fevralda Kuk xalok boʻlgandan keyin Klark ekspeditsiyani boshqarib, kemalarni Gavayi orollaridan Chukotka dengizi tomon olib bordi, lekin 70° sharqga yetmasdan yirik muzlarga duch kelib orqaga qaytishga majbur boʻldi. Petropavlovsk-Kamchatskiyda vafot etgan va oʻsha yerga dafn qilingan. Klark nomiga Atlantika okeanining janubiy qismidagi qoyalar qoʻyilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |