Kontent qismiga oʻtish

Klarnet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
klarnet

Klarnet [ital. Clarinetto, lotincha clarus — tiniq (tovush) soʻzidan], soprano (yoki katta) klarneti — puf-lamatilchali yogʻoch musiqa cholgʻusi. 17-asr oxirida yuzaga kelgan. Tovushi tiniq, yorqin, shirali va yoqimli. Obnus (qora) daraxti yogʻochidan va plastmassadan yasaladi. Yuqori qismidagi moslama (mundshtuk)ga kamish (yoki bambuk) tilcha boglanadi, silindr shaklidagi havo yoʻli (ichki kanal)ning oʻz. 590–680 mm. Hozirgi K.lar 7 tyoshikli va 20 klapanli, asosan, V yoki A sozida boʻladi. Diapazoni d (yoki cis) — I (s4). Kichik K., bassetgorn, bas-K., kontrabas-K. kabi turlari ham manjud.

Ijro va ifodaviy imkoniyatlari keng boʻlgan K. yakkanavoz soz sifatida, kamer va estrada ansambllari, simfonik va puflama cholgʻular orkestrlarida ishlatiladi. Oʻzbekistonda il k K.chilar 20-asr boshida paydo boʻlib, 1950-yillardan U. Rizoqulov, B. Minin, keyinroq K. Azimov, B. Solihov, B. Murtazoyevlar tanildi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil