Kontent qismiga oʻtish

Klavdia Zadixina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Klavdia Leontyevna Zadixina (27.03.1907, Chorjoʻy - 1969.30.12, Moskva) - Sovet etnografi.

K. L. Zadixina 1907-yilda Chorjoʻyda (hozirgi Turkmaniston) temir yoʻl ishchisi oilasida tugʻilgan.

1931-yilda K. L. Zadixina Leningrad tarix va tilshunoslik institutini tugatgan. 1941-yil 17-martda u "XVIII-XIX asrlarda qozoq xonlari va sultonlari orasida tulengutlar" mavzusida tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.[1]

Urushdan keyingi yillarda K. L. Zadixina Xorazm arxeologik va etnografik ekspeditsiyasining faol hamkorlaridan biriga aylandi va oʻzbeklarning etnografiyasi uning ilmiy qiziqishlari markazida edi. U bir xil darajada Amudaryoning quyi oqimidagi oʻzbeklar, Qarshi va Surxondaryo oʻzbeklari, Fargʻona vodiysi va Toshkent oʻzbeklari mavzulari bilan shugʻullangan.

Zadixina Qashqadaryo havzasida aholining tarqalishi xaritasini tuzdi. "Qashqadaryo havzasi va Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati aholisining etnik tarkibini oʻrganishning baʼzi masalalari" maqolasi xuddi shu mavzuga bagʻishlangan. K. L. Zadixina SSSR Fanlar akademiyasi Etnografiya institutining Leningrad filialida 1964-yilgacha, kasalligi sababli nafaqaga chiqqunga qadar ishlagan.

  1. Советская этнография, 1970, № 4.
  • Задыхина К.Л. Культура и быт узбеков Кипчакского района Кара-Калпакской АССР // Труды Хорезмской экспедиции. т.2 М., 1959.
  • Задыхина К.Л. Некоторые вопросы изучения этнического состава населения бассейна Кашка-Дарьи в Сурхан-Дарьинской области Узбекской ССР // Краткие сообщения (Институт этнографии им. Н.Н. Миклухо-Маклая). М., 1962. Т. 37. С. 39–45
  • Задыхина К.Л. Узбеки дельты Амударьи // Труды Хорезмской археолого-этнографической экспедиции. т.1. М., 1952.