Kontent qismiga oʻtish

Klavdiya Yefremova

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Klavdiya Grigoryevna Yefremova (1916.7.11, Perovsk, hozirgi Qiziloʻrda — 2000.12.7, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan artist (1943). 1936— 41 yillarda Kirgʻiziston yosh tomoshabinlar teatrida, 1941—43 yillarda Prjevalsk teatrida, 1943—47 va 1951—52 yillarda Frunze (hoz. Bishkek) drama teatrida, 1952—2000-yillar Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida aktrisa. Lirik-dramatik rollar ijrochisi. Obrazlari taʼsirchan, sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Marta ("Baliqchining oʻgʻli"), Lyusya, Tanya, Valya ("Sargardonlik yillari", "Tanya", "Irkutsk voqeasi"), Xolisxon ("Paranji sirlari"), Chjou Fan-i ("Tayfun"), Alina ("Qashshoq qalb egasi"), Kolsova ("Favqulodda elchi"), Eleyn Bendshal ("Qonli sarob"), Mariya ("Mariya"), Matitsa ("Uchovlon") va b.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil