Kliring
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kliring (ing. clearing, clear — tozalash, ravshanlashtirish) — mamlakatlar, kompaniyalar, korxonalar oʻrtasida bir-biriga yetkazib berilgan, sotilgan tovarlar, qimmatli qogʻozlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisoblar yoʻli bilan toʻlovlar balansi shartlari asosida naqd pulsiz hisobkitoblar. Banklararo K. va xalqaro valyuta K.lari bor. Banklararo K. banklar oʻrtasida hisob-kitoblar oʻzaro pul talablarini hisobga olish yoʻli bilan bajariladi. Rivojlangan mamlakatlarning ichki hisob-kitoblarida chek va veksel K.lari qoʻllanadi. Valyuta K. almashtiriladigan tovarlar roʻyxati, ularning narxi va yetkazib berish muddatlari belgilangan xalqaro toʻlov shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Bunda valyuta faqat yetkazib berilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar oʻrtasidagi farq miqdoridagina toʻlanadi yoki oʻsha tovardan yana qoʻshimcha yetkazib beriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |