Klon tanlash
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Klon tanlash (oʻsimliklarda) — yaxshi klonlarni ajratib olish; vegetatsiya yoʻli bilan koʻpayuvchi oʻsimliklar navlarini yaxshilash usuli. Klon tanlash kartoshkachilik, uzumchilik va mevachilik seleksiyasida keng qoʻllanadi. Klon tanlash (vegetativ yul bilan koʻpayuvchi oʻsimliklarda yakka tanlash) orqali aksariyat navning ayrim xususiyatlari (kasalliklarga, qurgʻoqchilikka chidamlilik) va boshqalarni yaxshilashga erishiladi. Mas, Klon tanlash yoʻli bilan kartoshka rakiga chidamli kartoshka navlari chiqarilgan. Mevachilikda klon payvandtaglar keng qoʻllanadi. Gʻoʻza seleksiyasida Klon tanlashdan faqat chatishtirilgan turlarning xromosomalar toʻplami nomutanosibligi tufayli bepusht toʻplami noyob duragaylarini (turlararo chatishtirishda) koʻpaytirish va saqlashda foydalaniladi. Bunda ildiz tarmogʻi kuchli rivojlangan madaniy gʻoʻza turlari shoxlariga duragay oʻsimlik qalamchalari ulanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |