Kloson Jerard
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kloson Jerard (1891, Malta oroli – 1971, London) – ingliz turkiyshunosi. Qutb Xorazmiyning Britaniya muzeyida sakdanayotgan „Muhabbatnoma“ asariga tafsir yozgan (1928). Turkiyshunoslikka oid ellikka yaqin ilmiy ish eʼlon qilgan. Lugʻatshunoslik uning faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Navoiy asarlari uchun tuzilgan „Sangloh“ lugʻatini (keng izoq, batafsil sharh va ilovalar bilan; 1960), „XIII asrgacha boʻlgan turkiy tillarning etimologik lugʻati“ni (1970) nashr qildirgan. K. „Sangloh“ni nashr qildirib, eski oʻzbek lugʻatchilik maktabini oʻrganish ishiga katta hissa qoʻshgan. Mazkur lugʻat Navoiy asarlari tili, shuningdek, b. turkiy tillarni oʻrganishda muhim manba ekanligini taʼkidlagan. Oltoyshunoslik ishlari uchun Indiana (AQSH) universitetining (1969), sharqshunoslik faoliyati uchun esa London Osiyo qirollik jamiyatining (1973) oltin medallari bilan mukofotlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |