Knut (oq ayiq)
Knut (nemischa talaffuzi: [ˈknuːt] ( tinglang); 5-dekabr 2006-yil – 19-mart 2011-yil) Berlin hayvonot bogʻida tugʻilgan oq ayiqdir. Tugʻilganida onasi tarafidan rad etilgan, shu sababli uni hayvonot bogʻi xodimlari ulgʻaytirishgan. Knut 30 yildan oshiq vaqtdan beri, Berlin hayvonot bogʻida goʻdakligidan boshlab omon qolgan ilk oq ayiq bolasi boʻlgan. Bu oq ayiq xalqaro bahslarga sabab boʻlgani ortidan hayvonot bogʻi turistik va tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozondi[1].
Knut "Knutmania" deb nomlangan ommaviy axborot vositalarining diqqat markaziga aylandi va mashhur bo'ldi. U haqida ko'plab o'yinchoqlar, DVDlar va kitoblar yaratilgan. Bu hayvon 2007-yilda Berlin hayvonot bog'iga juda ko'p pul, taxminan besh million yevro olib keldi. Hayvonot bog'iga ko'proq odam bordi va o'sha yil hayvonot bog'ining 163 yillik tarixidagi eng daromadli yil bo'ldi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Moore, Tristana. „Baby bear becomes media star“. BBC (24-mart). Qaraldi: 21-aprel 2007.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wikimedia Commonsda Knut (oq ayiq) mavzusiga oid fayllar bor. |
- Berlin hayvonot bogʻi rasmiy bosh sahifasi (olm.)(Wayback Machine saytida 2019-09-25 sanasida arxivlangan)
- Das Leben von Eisbär Knut Rundfunk Berlin-Brandenburgʻda (Olmoncha)
- Turtle Pond Productions website for Knut: How one little polar bear captivated the world (Wayback Machine saytida 2011-03-20 sanasida arxivlangan)