Qarshi namozgohi
Qiyofa
(Ko'k gumbazdan yoʻnaltirildi)
Qarshi namozgohi, Koʻk gumbaz — Qarshi shahridagi meʼmoriy yodgorlik (1590—91). Xonaqoh peshtoqgumbazli (qoʻsh gumbazning tashqi gumbazi qulab tushgan), peshtoqning ikki yonida simmetrik 4 tadan joylashgan xonalar balxi gumbazli. Bosh tarzidagi peshtoq koshinlar bilan bezatilgan, kitobalariga Qurʼon oyatlari bitilgan; Abdullaxon nomi va sanasi zikr etilgan yozuvlar saqlangan. Bino oldi tomonidan namozxonlar uchun maydon ajratilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |