Koshin
Koshin, parchin, kafel — binolar, kaminlar va pechlar sirtiga qoplash uchun maxsus pishirilgan sirkor yupqa sopol pint skichipni taxtacha. K. maxsus loylan qoliplarga quyib tayyorlanadi, xumdonda 1150° gacha temperaturada pishiriladi; turli naqsh, naqsh qismlari tushirilgach. sir beriladi, soʻng maxsus xumdonda pishiriladi. K.larning silirga, naqshli, turli tasvirlar tushirilgan xillari bor. Sirtga puxta yopishishi uchun K.ning orqa tomoni gʻadir-budir yoki chuqurcha-chuqurcha qilib yasaladi. Oʻngi oqyoki har xil rangli, silliq, boʻrtma, silliqlanmagan; shisha, polistirol xillari bor. Meʼmoriy bezak sifatila kepg qoʻllanali, binolarni tashqi taʼsir (yogʻin-sochin)lardan ham saqlaydi. Dastlab, Qad. Sharq (Misr, Ossuriya va boshqalar) da. asosan, binolarni bezashda keng tarqalgan, 9-asr dan Yevropa (Germaniya, Shveysariya, keyinroq Rossiya) da pechka va kaminlarni bezashda ham ishlatilgan. Oʻrta Osiyoda 12-asr oxiri — 13-asr boshlarida paydo boʻlgan. Ilk bor Samarqand, Buxoro, Koʻhna Urganch va b. joylardagi yodgorliklarda, bino poydevorlarini bezashda ishlatilgan.
20-asr 20-yillaridan K. tayyorlash usulini takomillashtirish ustida izlanishlar olib borildi. Yevropala "modern" uslubidagi tovlanma sirli monoxrom koshinkor ichki va tashqi devorli binolar paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Samarqanddagi maxsus kulollik ustaxonasida, Toshkentdagi ustaxonalar qad. K.larga yaqin boʻlgan K. tayyorlana boshlandi. Meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlashda, binolarni bezashda, kamin va pechlarni qoplashda K.dan keng foylalanilmoqda.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |