Kontent qismiga oʻtish

Silliqlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Silliqlash — turli materiallar (metall, tosh, yogʻoch va boshqalar) ga jilvir qogʻoz, jilvir tosh, abraziv materiallar yordamida ishqalab ishlov berish. Metallarga, asosan, silliqlash stanogida ishlov beriladi. M yetall sirti risoladagidek silliq chiqishi uchun unga bir necha marta ishlov berish kerak (har gal 0,005—0,05 mm chamasi katlam sidiriladi). Toshlar sirti har xil yiriklikdagi abraziv doira, plita, brusoklar bilan silliklash stanoklari, elektr asboblar yordamida silliklanadi. Yogʻochni Sdan oldin uni randalab, sirti shpaklyovkalab olinadi, keyin turli mayinlik va qattiklikdagi (yaʼni har xil yiriklikdagi) jilvir qogʻoz bilan ishqalab silliklanadi. S. natijasida materiallar koʻrkamlashadi, korroziyabardoshligi va mustahkamligi ortadi. Silliklangan sirtlarni abraziv massa (yaltiratadigan tarkib) surkab, jilvir qogʻoz, abraziv doira yordamida qoʻlda va stanoklarda yaltiratish jilolash deb ataladi.