Kontent qismiga oʻtish

Koʻrish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'rishdan yoʻnaltirildi)

Koʻrishorganizmlarning koʻrish organlari yordamida tashqi dunyo toʻgʻrisida axborot olishdan iborat murakkab fiziologik jarayon. Koʻrish jarayonida tashqi dunyodagi obyektlardan qaytadigan yoki ular tarqatadigan 300—800 nm diapazondagi elektromagnit toʻlqinlari, yaʼni yorugʻlik nuri Koʻrish organlari uchun taʼsirlovchi boʻladi.

Odam va koʻpchilik umurtqalilar, bir qancha umurtqasiz hayvonlar rangli Koʻrish qobiliyatiga ega. Koʻrish odam va yuksak umurtqalilarda juda mukammal rivojlangan boʻlib, koʻrish analizatori orqali amalga oshadi. Bu analizator periferik (koʻz), oʻtkazuvchi (Koʻrish yoʻli, poʻstloq osti nervlari) va markaziy (bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogʻi sohalari) boʻlimlardan iborat. Yorugʻlik nuri qorachiqsan oʻtib toʻr pardaning koʻrish pigmentlariga toʻshadi. Yorugʻlik taʼsirida toʻr pardada bioelektr potensiallar paydo boʻladi. Ular analizatorning oʻtkazuvchi boʻlimi orqali koʻrish markaziga oʻtkaziladi. Bu joyda har xil analizatorlardan kelayotgan nerv impulyelari tahlil qilinib, odam ongida saqlanib qoladigan muayyan obrazlar shakllanadi. Koʻrish organlarining obyekt shaklini farq qilish (Koʻrish oʻtkirligi), koʻz harakatlanmay turganda katta maydonni Koʻrish (koʻrish maydoni), har ikkala koʻzdagi tasvirni birlashtirish, obyekt obrazining yoʻnalishi va Koʻrish chuqurligini aniqlash (binokulyar Koʻrish) xususiyatlari ularning miqdoriy koʻrsagichlari hisoblanadi. Odam koʻzi elektromagnit toʻlqin oʻz. 390—760 nm boʻlgan yorugʻlik nurlarini farq qiladi. Odamning yorugʻlikni sezish xususiyati qorongʻilikda pasayib, yorugʻlikda kuchayadi. Odam koʻzining toʻr pardasida 2 xil: tayoqchasimon (kechki va tungi Koʻrishni amalga oshiradi) va qadahsimon (kunduzgi Koʻrish va rangni sezadi) retseatorlar mavjud. Shuning uchun Koʻrishni tungi, yaʼni skotopik, kechki — mezotopik va kunduzgi, yaʼni fototopik deb ataladigan xillari mavjud. Koʻrish tashqi dunyoni bilishda asosiy ahamiyatga ega. Inson atrof muhitdan oladigan axborotning 90% ini Koʻrish orqali qabul qiladi.

Koʻrish organlarining hosil boʻlishi hayvonlar evolyusiyasida yoruglikni qorongʻilikdan farq qiladigan (mas, yomgʻir chuvalchanglari) yoki yoʻvaltirilgan yorugʻlik nurlarini sezadigan (mas, krrinoyoqli mollyuskalar) darajadan tasvirni mukammal tahlil qilib bera oladigan darajagacha boʻlgan murakkab rivojlanish yoʻlini oʻtgan. Qisqichbaqasimonlar va hasharotlar predmetlar shaklini farq qiladi, lekin yaqinmasofadan ularni aniq koʻra oladi. Baliqlar ham narsalarni yaqin masofadan koʻradi. Quruklikda yashaydigan umurtqalilar uzoqni koʻruvchilar hisoblanadi; ular orasida qushlar eng uzoqni koʻruvchilardir. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil