Kontent qismiga oʻtish

Koʻchma sirk

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Koʻchma sirk — doimiy turar joyi bulmagan va oʻz tomoshalarini koʻchib yurib namoyish etadigan sirk jamoasi. Koʻchma sirk tomoshalari uchun moʻljallangan bino (vaqtincha yigʻma materialdan qurilgan) "shapito" deb yuritiladi. Sirk tomoshalarining alohida turi sifatida 19-asrning 1-yarmida avval Amerikada, keyinchalik Yevropada keng tarqalgan. Turkiston oʻlkasida Koʻchma sirk tomoshalari ilk bor 19-asrning oxiri 20-asrning boshlarida koʻrsatilgan. Ularda oʻzbek sanʼatkorlari bilan bir katorda Yevropa va Rossiya sirki ustalari, shuningdek, Sharq mamlakatlari, jumladan, Xitoy, Hindiston, Yaponiyadan kelgan artistlar ishtirok etishgan. 20-asrda Koʻchma sirk tomoshalari Oʻzbekistonning turli shahar va olis qishloqlarida uyushtirilib, rang-barang sirk janrlaridan namunalar namoyish etilgan. Hozirgi kunda Koʻchma sirk tomoshalari Erkin Toshkanboyev rahbarligidigi "Sahnadagi sirk" koʻchma korxonalari direksiyasi tomonidan faol amalga oshirilmokda. Poʻlat Toshkanboyev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil