Kontent qismiga oʻtish

Koʻhi Qof

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Koʻhi qofoʻzbek ertak, doston va boshqa ogʻzaki ijod namunalarida afsonaviy togʻ nomi. Rivoyatlarga koʻra, K. Q. dunyoning bir chetida boʻlib, unga eng jasoratli pahlavongina yetib bora oladi. Parilar yashaydigan Iram bogʻi ham shu yerda. U yerda Semurgʻ va Anko yashaydi. Goʻroʻgʻli, Anaz singari xalq qahramonlari Balo togʻidan oʻtib, devlarni yengib, K. Q.ga yetib borganlar. Eron mifologiyasiga koʻra, K. Q. — Semurgʻ makoni. Shuningdek, K. Q. Kavkaz togʻlarining ramziy tasavvuri, degan tushuncha ham mavjud. "Gap desang qop-qop, Ish desang Koʻhi Qofdan top" degan oʻzbek xalq maqolida K. Q.ning haddan ziyod olisda ekanligiga ishora qilingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil