Kontent qismiga oʻtish

Koʻhistonilar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Koʻhistonilar - Pokistonning shim.da, Hindiston (Gilgit va Svat daryolari oraligʻi)da yashovchi kichik qardosh qabilalar guruhining umumiy nomi. 1947-yildan K. turgan xududning koʻp qismi Pokiston va bir qismi Hindiston tarkibida. Afgʻonistonda ham yashaydi (5 ming kishi). K.ning umumiy soni taxminan 100 ming kishi (1988). K. tili — hind tillarining dard guruhiga mansub. Asosiy mashgʻuloti — chorvachilik. K.da urugʻdoshlik anʼanalari saqlangan. Dindorlari — sunniy musulmonlar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil