Koʻk jiguli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Koʻk jiguli“
Ozoda Nursaidova qoʻshigʻi
Yozilgan sanasi 2024-yil 21-fevral
Davomiyligi 4:57
Matn muallif(lar)i Ozoda Nursaidova

Koʻk jiguli“ — qoʻshiqchi Ozoda Nursaidova tomonidan kuylangan qoʻshiq. Qoʻshiq klipi 2024-yil mart oyi hisobiga koʻra, YouTubeda eng koʻp koʻrilayotgan musiqiy videolar orasida birinchi oʻrinni egallab turibdi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 21-fevral kuni xonanda Ozoda Nursaidovaga tegishli YouTubedagi „Ozoda“ kanaliga yuklangan klip, 2 hafta davomida 47,5 milliondan ortiq tomosha qilingan[1]. Shuningdek, qoʻshiq Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hamda Rossiya trendida, Luxembourg chartida esa 1-oʻringa chiqqan[2].

Klip 2024-yil 28-mart holatiga koʻra, 154 milliondan ortiq tomosha qilinib, unga 96 mingdan ortiq izoh yozilgan. Shu bilan birga, qoʻshiq YouTube olamida tinglanishi boʻyicha qisqa muddatga 1 oʻrinni egallab turgan musiqiy klipga ham aylandi[3].

Tanqidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek internet segmenti ikkiga boʻlinib, baʼzi foydalanuvchilar qoʻshiq erishgan yutuq eʼtirof etilishi lozimligini taʼkidlab oʻtdi. Keng muhokamalar ortidan Ozoda Nursaidova oʻz intervyusi orqali quyidagi fikrlarni aytib oʻtdi:

„Koʻk Jiguli“ xit boʻlishini kutmagandim. Bu qoʻshiq xalq qoʻshigʻi, „kult“iga aylanib ketganidan xursandman. Qoʻshiqni yaratishdan oldin soʻzlariga ham juda katta ahamiyat berganmiz. Baʼzilar qoʻshiq soʻzlarini sayoz deyapti. Lekin bu notoʻgʻri. Soʻzlarini eshitib, qogʻozga tushirib koʻrsa, u yerda ancha maʼno bor, yaʼni yoshlikdagi birinchi muhabbat. Shu „Jiguli“ni koʻrsam esimga tushadi, deyapti. Bu yerda butun boshli dramaturgiya bor! Endi bunda oʻz hayotiy kechinmalarimdan ham foydalanganman. 85-yillari biz ham yosh boʻlganmiz, maktab oʻquvchisi edik. 5—6-sinfda oʻqib yurardim. Oʻsha „Disko raqqosi“ moda boʻlgan paytda biz hamma narsani oʻz koʻzimiz bilan koʻrganmiz. Qoʻshiq va klip oʻsha kechinmalarni aks ettirgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ozoda Nursaidovaning "Koʻk jiguli" klipi You Tube'da eng koʻp koʻrilgan musiqiy videolar orasida ikkinchi boʻldi — Toshkent Afishasi“ (uz-Latn). www.afisha.uz (2024-yil 11-mart). Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  2. „Ozoda Nursaidovaning “Ko‘k jiguli”si dunyo reytingida 2-o‘ringa chiqdi“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 29-mart.
  3. Ozoda - Ko'k jiguli (Official Music Video 2024) (inglizcha), qaraldi: 2024-03-15
  4. uz, Daryo „“Qo‘shiqda katta ma’no va dramaturgiya bor”. Ozoda Nursaidova “Ko‘k Jiguli”ning so'zlarini sayoz deydiganlarga murojaat qildi (video)“ (uz-latn). Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 27-aprel.