Koʻk somsa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻk somsa — xamirli taom turi. Oshirma yoki oddiy xamirdan tayyorlanadi. Oshirilgan xamirdan yongʻoqday zuvalalar oʻziladi va joʻva bilan qalinligi 1 mm qilib jildlar yoyiladi. Yangi unib chiqqan otquloq, yalpiz, yoʻngʻichqa, jagʻ-jagʻ, ismaloq, shoʻra, togʻ piyozi (mator) kabi koʻkatlarning bargpoyasi koʻk piyoz yoki bosh piyoz bilan birga chopiladi. Qiymaga tuz, qalampir (murch), jizza (mayda toʻgʻralgan qoʻy yogʻi yoki dogʻlangan paxta yogʻi) qoʻshiladi. Jildga bir qoshiqdan qiyma solib tugiladi va tandirda (yoki duxovkada) pishiriladi. Koʻk somsa uchun ozroq yogʻ yoki eritilgan margarin, suvga tuz qoʻshib yumshoq qilib xamir qoriladi. 10—15 min. tindirilgach, zuvalachalar norin xamiridek yupqa qilib yoyiladi. Oʻrtasiga qiyma solib tugiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |