Kontent qismiga oʻtish

Koʻkat oʻgʻit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Koʻkat oʻgʻit, siderat — tuproq unumdorligini oshirish maqsadida koʻkligida tuproqqa qoʻshib haydab yuboriladigan oʻsimliklar massasi. K.oʻ. maqsadlarida dukkaqlilardan mosh, koʻk noʻxat, lyupin, soya, loviya, vika, shabdor, bersim, karamgullilardan xantal, raps va boshqalardan foydalaniladi. Bu ekinlar mustaqil (shudgor qilinadigan dalaga) yoki oraliq ekin sifatida (alohida dalani band qilmay) koʻzda ekiladi, koʻklamda asosiy ekin ekilishi oldidan (mart-may oylarida) tuproqqa koʻshib haydab yuboriladi.

K.oʻ. tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi, uni organik modda va azotga boyitadi. Almashlab ekishda goʻng va mineral oʻgʻitlar bilan qoʻshib qoʻllanilganda samaradorligi yanada ortadi..[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil