Koʻkcha (qovun navi)
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻkcha — oʻrtapishar qovun navi. Shakli tuxumsimon, dum va uch tomonlari ingichkaroq, yirik, oʻz. 33—40 sm, ogʻirligi 4—6 kg. Sirti tekis, yoppasiga tur bilan qoplangan, toʻrlari mayda, gulsiz. Tusy yashil, toʻri qalin boʻlganidan kulrangga oʻxshash. Poʻsti qattiq, etining kdlinligi 4—4,5 sm, oq, poʻstiga yaqin joyi yashil. Sershipa, shirin, karsillaydi. Tarkibida 7,5—14,8% qand, shu jumladan, 5—10% saharoza, 5—15% quruqmodda bor. Urugʻxonasi oʻrtacha. Urugʻdan unib chiqqanidan keyin hosili 88—90 kunda pishadi. 250—320 s/ga hosil beradi. Fargʻona vodiysida koʻp ekiladi. Andijon, Fargʻona, Toshkent va Buxoro viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |