Kontent qismiga oʻtish

Koʻkchatov balandligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Koʻkchatov balandligi - Qizilqumda, Nurota tizma togʻlaridan gʻarbda, Navoiy viloyatida joylashgan. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Oʻz. 12 km, eni 1 km. Eng baland joyi 322 m. Jan.-sharqiy yon bagʻri tikroq, quruq soylar bor. Tevarak atrofdan keskin kutarilib turmaydi. Koʻkchatov balandligi paleogen va neogenning gil, qumtoshlaridan tuzilgan. Choʻl qumli va boʻz qoʻngʻir tuproqlarda shuvoq, qoʻngʻirbosh va rang tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil