Kontent qismiga oʻtish

Koʻkpatos marmar koni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Koʻkpatos marmar koni -Boʻkantov togʻ tizmasining jan.sharqiy qismida, Uchquduq shahridan 40 km. 1990—91 yillarda geologiya-razvedka ishlari bajarilgach, Koʻkpatos marmar konik.ning faqat yer yuzasidan,50 m chuqurlikkacha boʻlgan umumiy geologik zahiralari 15 mln. m3 miqdorida baholangan. Koʻkpatos marmar konik.ning tuzilishida Koʻkpatos braxantiklinal strukturasining markaziy yadro qismida joylashgan Joʻzquduq karbonat qatlamlari ishtirok etgan. Bu karbonat togʻ jinslari qatlamlari och kulrangdan qoragacha boʻlgan marmarlashgan ohaktosh va marmarlardan iborat. Turli xil marmar qatlamlarining umumiy qalinligi 1200 m gacha boʻlib, qoplovchi qatlamlar 2–6 m gacha qalinlikda aniqlangan. Koʻkpatos marmar konik.ning sharqiy qismini sanoat zahiralari 1 mln. m1 atrofida baholanib, 1-navbatdagi qazib olish uchastkasi loyihalashtirilgan va 1994—95 yillardan zamonaviy texnika va texnlogiyalar qoʻllanishi asosida sanoat oʻzlashtirish ishlari boshlangan. Koʻkpatos marmar konik.ning yillik qazib olish loyihaviy quvvati 20 ming m3. Navoiy kon-metallurgiya kombinati korxonalari tarkibiga kiradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil