Kontent qismiga oʻtish

Koʻkpatos svitasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻkpatos svitasi - Markaziy Qizilqumdagi Koʻkpatos rudali maydoni hududida aniqlangan svita. Boʻkantov (Oltintov, Qashqirtov, Turboy)da tarqalgan tokembriy yotqiziqlarini oʻz ichiga oladi. A. S. Kushvar tomonidan 1939-yilda ajratilgan. M. O. Ahmadjonov, R. N. Abdullayev va 3. M. Abduazimovalar (1967—92) tomonidan svita hajmi va yoshiga aniqliklar kiritilgan.

Barcha svita (arhar, jongeldi, koʻkpatos va jusquduq) jinslari ichida eng ahamiyatlisi Koʻkpatos svitasi jinslari boʻlib, umumiy qalinligi 1500 m dan ziyod. Barcha oltin rudali konlar va boshqa ruda koʻrinishlari shu svitada joylashgan. Svita kesmasining pastki qismi (100 m), asosan, kvarsitlardan va turli slanetslardan, ustki qismi (100–150 m) esa dolomit va dolomitlashgan ohaktoshlardan iborat. Svitaning oʻzi kvars karbonatli hosilalar bilan birga uglerodli kvarsxlorid, gilli xlorid, gilli slyuda va kvars-dala shpatli qumtoshlardan tuzilgan. Metamorfizm da-rajasi boʻyicha u yashil slanetslar fatsiyalariga mos keladi. Bu svita jinslari listvenitlanish, kvarslanish va sulfvdlanish kabi gidrotermal oʻzgarish jarayonlariga uchragan. Rudali zonalar chegarasidagi sulfidlarning oʻrtacha miqdori 10 dan 25% gacha oʻzgarib turadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil